Kategoriya: Hikoyalar
Kulfat kelishini kutishimiz shart emas
Turkiyaning zilzila bo‘lgan hududida yashovchi dugonam yozyapti (Sizlar uchun tarjima qilib beryapman):
«...Ko‘chada qolgan boshpanasiz odamlarning yonidan boshimizni baland ko‘tarib o‘tib ketardik yoki insof qilsak, mayda pul berib o‘tardik. Zilziladan keyin, hokimiyat tarqatayotgan yemaklardan olish uchun ular bilan bir qatorda navbatga turishga majbur bo‘lib qoldik... Yo‘q, men bundan nolimayapman. Senga boshqa narsani aytmoqchiman.
Ko‘chada olov atrofida isinib o‘tirganimizda keksa bir kishi: «Ol, qizim, shunga o‘ranib o‘tir», - deb qalin ko‘rpa ko‘tarib keldi. Keyin: «O‘g‘ling tirikmi, jabr ko‘rmadimi?» - deb so‘radi. Hayron bo‘ldim. Butunlay notanish odam. «Xudoga shukr, o‘g‘lim sog‘-omon» - desam, xursand bo‘lib ketdi. Biroz gaplashdik. Bilsam, bu odam ko‘chada yasharkan. Qachondir o‘g‘lim ikkimiz unga to‘rtta nonga yetgulik pul bergan ekanmiz... Unutmagan ekan... 3O‘pkam to‘lib ketdi... Bu zilzila shaxsan men uchun xayrli bo‘ldi. O‘z qobig‘imga o‘ralib, odamgarchilikdan chiqib qolayotgan ekanman. O‘zimga keldim. Ko‘zim ochildi!..
Sen shuni yoz. Toki, boshqalarning ham ko‘zi ochilishi uchun boshiga bir balo kelishi shart bo‘lmasin. Odamlar ko‘zini ochsin!..»
© Dilfuza Komil
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022