Bir necha yil avval ijtimoiy tarmoqlarga birinchi marotaba kirganimda hazil rasmlarni ko'rgan edim. Sivilizatsiyaning rivojlanishi munosabati bilan hozirgi kunda hammaning qo'lida uyali aloqa telefonlari. Hayotda uchrab turadigan ajoyib voqealarni, holatlarni, ko'rinishlarni tasvirga tushirib olish, ulgurib shuni amalga oshirishda telefonlarning imkoniyati katta. Ayniqsa ularning sifati yaxshi bo'lganligidan oddiy telefon apparati orqali professional kameradan qolishmaydigan qilib sur'atga olish mumkin. Ushbu rasmlar esa ijtimoiy tarmoqlar orqali tezlik bilan tarqab ketmoqda. Ammo afsuski o'zbek tilida hali bunaqasini uchratmadim. Rasmlarga turli aforizmlar hikmatli so'zlar, she'rlar yozilganini, uzbek kalikaturalarini ko'rdim, ammo unaqasini hazil so'zlar tushirilganini ko'rmadim. Balki bordir, kimdir olib tarjima qilib qo'yayotgandir, lekin kamligi uchun ham men ko'rmagandirman. Har qalay rus tilidagilaar kabi keng tarqalmagan ba ko'p emas. Ayniqsa o'zbek tilida shevaga oid so'zlarimizdan tashqari, eshitishi bilan kuladigan ishorali so'zlar mavjud. Masalan: ibi, ola, ehhe.. shu kabi. Agar biror rasmga ijod qilib, o'zbekcha yondoshilib kulgili so'zlar bilan yozilsa menimcha juda ko'pchilik hursand bo'lar edi. Rivojlanib taraqqiy etayotgan zamonda yashayabmiz, ya'ni stresslar va depressiyalar zamonida. Videolar ko'p lekin ko'pchilikka qulay emas chunki trafik ketadi, vaqt ketadi... tekstlarni esa hozir hech kim o'qimay qo'ygan, hamma rasmlarga qaraydi. Nafaqat ruschadagi manbalardan olingan rasmlar emas, telegramda o'zbek guruh va kanallardagi, odamlarni lichkalaridagi rasmlarni duch kelganidan ko'chirib olishni odat qildim va ishlov berib saytimga qo'yishga qaror qildim. Ba'zilarini tarjima ham qilganman. Lekin nima qilibdi, asosiysi kulgili bo'lib, odamlarga tabassum keltirsa bo'lgani.