Kategoriya: Yumor

Latifalar


Bir necha oʻqituvchilarni chaqirib samolyotga oʻtkazildi. Eshiklar yopilganidan soʻng, ushbu samolyot ularning shogirdlari yasagan samolyot ekani maʼlum qilindi. Shunda barcha oʻqituvchilar najot topib qolish uchun eshik tomon yugurishga tushdilar. Faqat bir oʻqituvchi sokin oʻtirar edi. Undan soʻradilar:


– Nega siz qochmayapsiz ? – U javob berdi:

– Chunki samolyotni mening shogirdlarim yasagan!

– Tasanno! Shunchalar ularga yaxshi taʼlim berganingizga ishonchingiz komilmi?

— Agar samolyot joyidan qoʻzgʻalsa, qulogʻimni kesib tashlayman! 


***

Bank xodimi mijozga dedi:

— Amerikada togʻangiz boʻlgan ekan. Olamdan oʻtibdi. Sizga Vashingtondagi hovlisini, oʻn million dollar pulini va sevimli itini meros qilib qoldiribdi.

— Menga qarang, oʻsha iti zotdormikan ishqilib?


* * *


Styuardessa yoʻlovchilarga dedi:

— Hurmatli yoʻlovchilar! Biz barchangizni samolyotimizga chiqqaningiz bilan qutlaymiz! Bort komandiri birinchi qadahni sizlarning xavfsizligingiz va manzilga eson-omon yetib olishingiz uchun koʻtaradi!


* * * 


Boʻyoqchi jinnixona devorini boʻyardi. Jinnilardan biri kelib soʻradi:

— Choʻtkani mahkam ushlab olganmisan?

— Ha.

— Unda men narvonni olib ketaman.


* * *

Ona besh yashar oʻgʻlidan soʻradi:

— Xola ketyapti. Nima deyish kerak?

— Bilmasam.

— Men doim senga nima deb oʻrgatardim?

— “Xayriyat, yaramas ketdi! Yana uydagi kolbasani paqqos tushirdi-ya, ochopat!”


***


Er-xotin doʻkonga kirib qimmatbaho shuba qidirishardi. Doʻkon sotuvchisi soʻradi:

— Nima qidiryapsizlar?

Shunda er alamdan chiqish uchun atayin tish orasidan javob qildi:

— Kuyalar uchun qimmatbaho yemish qidiryapmiz.

Reklama
Reklama