Kategoriya: Maqolalar
Maktabning asosiy vazifasi ta'lim berishmi?
Maktabning asosiy vazifasi ta'lim berishmi?
Maktabning asosiy vazifasi faqatgina ta'lim berish. Foizlarda aytadigan bo‘lsam, maktab faoliyati 85% ta'lim 15% tarbiyani qamrab olishi lozim. Demak, maktab bolaga tarbiya berishda ko‘makchi xolos.
Nima uchun?
Chunki, bola 6-7 soatini maktabda ASOSIY VAQTini esa UYIda o‘tkazadi. Bundan tashqari bola 7 yoshdan boshlab maktabga boradi. 7 yoshgacha bola tarbiyasi deyarli shakllanib bo‘lingan hisoblanadi.
QAYTARAMAN!
Bola tarbiyasi 7 yoshgacha deyarli shakllanib bo‘lingan hisoblanadi!
Maktablarimizda har bir sinfda 35-40tagacha o‘quvchi darsda o‘tiradi. Shuncha o‘quvchiga bitta o‘qituvchi qanday qilib ham ta'lim ham tarbiya bera oladi? O‘qituvchining diqqati, e'tibori, sabri yetmaydi. O‘qituvchi ham inson. Uning ham o‘z tashvishlari, muammolari va farzandlari bor.
Zamonaviy pedagogika talablariga ko‘ra sifatli ta'lim bo‘lishi uchun darsda o‘quvchilar soni 15tadan oshmasligi lozim. Tushunyapsizmi? Shuncha miqdor bo‘lsa, ta'lim sifatli bo‘ladi. Lekin 40 ta o‘quvchiga ham ta'lim ham tarbiya...
So‘rovnomadan ayon bo‘lyaptiki, ota-onalar farzandiga tarbiya berish mas'uliyatini maktabga yuklashgan.
Baraka topgurlar, tushuninglar! Maktabning o‘zining mas'uliyati - ta'lim berish mas'uliyati bor. Tarbiya ikkinchi masala.
O‘qituvchilar Oliy ta'limda bolaga tarbiya berish ilmini emas balki, o‘z mutaxxasisliklari bo‘yicha bolaga ta'lim berish ilmini o‘rganadilar. Ta'lim berishning o‘zi murakkab jarayon. Unga qo‘shimcha tarzda yana bir qiyin jarayon - tarbiyani ham topshirish adolatsizlik emasmi?
Nega hozirda tarbiya borasida muammolarimiz ko‘payib ketyapti?
Sababi oddiy. Chunki, bolalar ota-onasidan tarbiya ko‘rishmayapti. Ota-onalar tarbiya berishni maktabga yuklashgan.
Tarbiya ko‘rmaganlikning asosiy belgisi - bu kattalarni hurmat qilmaslik. Kattalarni hurmat qilmagan bola o‘qituvchisini hurmat qiladimi? O‘qituvchisini hurmat qilmagan bolaga ta'lim berib bo‘ladimi? Yo‘q albatta!
Tarbiyali bolaga ta'lim berish oson kechadi. Lekin o‘qituvchilar tarbiya qilish bilan ovora. Ta'lim esa bir chetda mung‘ayib qachon meni galim kelarkin deb kutib turibdi.
O‘qituvchi bilan repetitorni farqi nimada? Aslida unisi ham bunisi ham o‘qituvchiku
Chunki, repetitor ta'lim berish mumkin bo‘lgan tarbiyali bolalarga ta'lim beradi. Ahloqi yaxshi bo‘lmasa o‘qishiga qabul qilmaydi. Repetitordan hech vaqt tarbiya talab qilinmaydi. Tarbiyani ota-ona o‘z bo‘yniga oladi.
O‘qituvchi gardanida esa ham tarbiya ham ta'lim yuklangan. Shuning uchun o‘qituvchining ta'limida ham tarbiyasida ham sifat yo‘q. Shuning uchun ham repetitorlarga talab yuqorilab ketdi.
Xullas xulosa o‘zingizdan!
Shoxista Amirova,
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022