Kategoriya: Freelancer

Maqola


Assalomu alaykum 

Assalomu alaykum (arabcha — sizga tinchlik, salomatlik tilayman) — musulmonlar oʻzaro uchrashganda ishlatiladigan salomlashuv iborasi. Salom qabul qiluvchi „Va alaykum assalom“ („Sizga ham tinchlik, salomatlik tilayman“), deb javob qaytaradi. Assalomu alaykum tanigan va tanimagan musulmonlarga beriladi.  Kichik yoshdagilar yoshi ulugʻlarga, ulov mingan odam piyodaga, piyoda ketayotgan kishi oʻtirganga, ozchilik koʻpchilikka salom beradi. Assalomu alaykum koʻpchilik huzuriga kirib oʻtirishda ham aytiladi. Assalomu alaykumni kishi eshitadigan qilib muloyim tarzda aytish lozim. Assalomu alaykum oʻzaro muomala-muno-sabatning boshi boʻlib, oʻziga xos iliqlik, samimiyat, ochiq koʻngillilik baxsh etadi. Assalomu alaykumni oshkora aytish kishilar oʻrtasida muhabbat paydo etib, oʻrtadagi gina va kuduratlarni ketkazadi. Oʻzidan kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat yuzasidan salom-alik qilish kishilari-miz uchun axloqiy mezon boʻlib qolgan. Assalomu alaykum deyish sunnat, javob qaytarish esa vojibdir.

Ikki mo‘min bir-biriga duch kelganida, xoh tanish va xoh notanish bo‘lsin, salom berishlari kerak. Salomlashish sunnatdir. Bir kishiga salom berilsa, javobi farzi ayndir, ko‘p kishiga salom berilganida, bir kishi javob qaytarsa, kifoya.

Salomni “Assalomu alaykum!” yo “Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!” deb to‘liq aytish kerak. Javobda “Va alaykum assalom!” yo “Va alaykumus-salamu va rohmatullohi va barokatuh!” deyiladi. Javob albatta to‘liq aytiladi, qisqa qilib aytilmaydi. Javob kechiktirilsa, salom beruvchiga eshittirilmasa, farz gardandan tushmaydi.

Reklama
Reklama