Kategoriya: Hikoyalar
Mashina yuvgan yigit Garvard universitetining professori bo'ldi
Doktor Muxammad Xoniy shunday deydi:
“Men mashinada oʻtirganimda 16 yoshli yigit yaqinlashib “old oynani artib berish kerakmi?”, deb soʻradi.
“Xa”, dedim men. U koʻnglimdagidek tozalab bergani uchun men unga 20 dollar berdim.
Yigit pulni koʻrib meni yana savolga tutdi:
“Siz Amerikadan qaytayapsizmi?”
Yana tasdiq ishorasini qildim.
U: “Shu bergan dollaringiz evaziga ularning universitetlari toʻgʻrisida aytib bera olasizmi?” - dedi.
U juda odob va fasoxat bilan gapirardiki, men beixtiyor uni mashinaga taklif qildim.
Men uning yoshi bilan qiziqdim.
U 16 yoshda ekani va 11-sinfni tugatganini aytdi. Men bunga xayron boʻldim, chunki 11-sinfni odatda 18 yoshda tugatishadi-da.
Yigit aʼlo baxolarga oʻqigani uchun maktabni xam ikki yil oldinroq bitirganini aytdi.
- Xoʻsh, nega bu yerda ishlayapsan? - qiziqib soʻradim men.
Uning aytishicha, otasi ikki yoshida vafot etgan, onasi birovning uyida oshpaz boʻlib ishlar, singlisi va yigit shu yerda ishlar ekan.
“Amerika universitetlarida yuqori natijalarga erishgan eng yaxshi talabalar uchun stipendiyalar borligi xaqida eshitganman”, dedi u.
- Senga yordam beradigan odam bormi?
- Yoʻq, bu yerda shu ish bilan mashgʻulman, deb javob berdi.
- Kel, ovqatlanib olamiz, deb tamaddixonaga boshladim.
Yigit mashinaning orqa oynasini xam tozalab, keyin kirishini aytdi.
Restoranda yigitcha ovqatini yemay, yelimxaltaga solib oldi. Keyin bilsam u ovqatni onasi va singlisiga olib bormoqchi ekan.
Men uning ingliz tilini mukammal bilishini va oʻz ishini astoydil, moxirona bajarishini payqadim.
Men uning xujjatlarini soʻradim va unga universitetga kirish uchun qoʻlimdan kelganicha yordam berishga vaʼda berdim.
Yarim yildan keyin men uni universitetga qabul qilinishiga erishdim. Uning talaba boʻlganini telefon orqali aytganimda trubkaning u tomonidan quvonch yigʻisi eshitilib turar edi.
Ikki yil oʻtgach, “Nyu-York tayms” jurnalida uning nomini zamonaviy texnologiyalarning eng yosh mutaxassisi sifatida eʼlon qilishdi.
Uning muvaffaqiyatidan men va oilam xam juda mamnun boʻldik.
Xotinim uning onasi va singlisi uchun viza olganini bilmagan edik. Yigit Amerikada xuzurida onasi va singlisini koʻrgandan keyin u na gapira oldi va na yigʻlay oldi.
Bir kuni u va uning oilasi uyimizga kelishdi va men toʻsatdan uni tashqarida mening mashinamni yuvayotganini koʻrib qoldim.
Men borib uning qoʻlidan tutib, nima uchun bu ishni qilayotganini soʻradim.
U javob berdi: “Ilgari kim ekanligim va men uchun qilgan ishlaringizni xech qachon unutmayman”.
Farid Ali ismli bu falastinlik yigit Amerikadagi Garvard universitetining eng iqtidorli professorlaridan biriga aylandi.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022