Kategoriya: Hikoyalar
Men oxirgi pulimga bolamga tort olgandim
Ishdan chiqib, shirinlik do‘koniga bordim. Kichkinam uch kundan buyon:
- Aya, tort olib keling, - deb zorlanadi. Pulim oz edi, shu sabab bolamga yarasha kichkina tort sotib oldim. Uyga qaytishimda yo‘limdan otam chiqdi.
- Ishing tugadimi? - so‘radi dadam salom alikdan so‘ng.
- Xa, dada.
- Qo‘lingdagi nima?
- Nevarangizni tort yegisi kelibdi, shunga...
- Xa. Tezroq olib bor. Yo‘lingni poylab o‘tirgandir.
Otam bilan xayrlashib uyga ketdim. Dadam orqamdan qarab qoldi. Uyga kelgach, tortni kenjatoyimning oldiga qo‘ydim.
- Bobom kelyaptilar, - dedi darazadan ko‘chani tomosha qilib o‘tirgan katta o‘g‘lim.
- Dadam? Nega kelyapti ekanlar?
Fursat o‘tmay dadam keldi. Ichkariga boshladim, lekin dadam ko‘nmadi. Ostonadan turib qo‘limga bir qutini uzatdi.
- Bu nima, dada?
- Tort. Yodingdami, bolaligingda tortni yaxshi ko‘rarding. Qo‘lingdagi kichkina tortni bolangga ilinib, o‘zing yemasliging aniq. Shuning uchun senga o‘zim tort sotib olib keldim. Sen bolangni xursand qilayotganingni ko‘rib, men xam seni xursand qilgim keldi...
Men yig‘ladim... Men oxirgi pulimga bolamga tort olgandim. Extimol dadam xam shunday qilgandir...
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022