Kategoriya: Hikoyalar

Mix haqida qissa


Bir shaharda odamlar go‘zal bir bino qurishibdi.
U juda ko‘rkam edi. Ustunlari, naqshlari, gumbazlari, peshtoqlar, xullas hamma hamma narsasi juda go‘zal edi.
Kelgan odamlar ustunlarni, chiroyli bo‘yoqlar bilan chizilgan naqshlarni, pardalariyu peshtoqlarini maqtar edi.
Lekin, binoni eng baland qismida tomga qoqilgan bir mix haqida hech kim gapirmasdi.

Bir kuni mix o‘ylab qolibdi: “hamma 
qismlarni, hatto oyoqni tagida yotgan gilamni ham
maqtashadi, men haqimda birov eslamaydi ham.
Demak meni bu binoga biror foydam yo‘q”, deb turgan
joyidan sug‘rilib o‘zini pastga tashlabdi.
O‘sha kuni qattiq shamol bo‘lib, mixsiz qolgan tomni o‘sha qismini shamol uchirib yuboribdi, qattiq yomg‘ir yog‘ib xonani ichiga ko‘p suv kiribdi.
Bo‘yoqlar bo‘yalib ketibdi, gilamlar loyqaga botibdi, pardalarni rasvosi chiqib, peshtoqlargacha zarar ko‘ribdi.
Va mix bularni ko‘rib, odamlar uni gapirmagani, u haqida bilmagani bilan uning bu xonaga ahamiyati qanchaligini anglabdi.


Qissadan xissa shuki, hayotda ham mumkin bizni
birov ilg‘ar, birov ilg‘amas, birov bilar, birov bilmas, lekin har bir insonni bu hayotda o‘z o‘rni bor, u shu jamiyatni muhim bir bo‘lagi hisoblanadi.

Reklama
Reklama