Kategoriya: MMIBDO'

MMIBDO' hujjatlari


Yangi nomenklatura bo'yicha hujjatlar jamlanmasi. Xalq ta'limi Vazirligining 2016 yildagi 33-sonli buyrug'iga asosan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yuritilayotgan 37 ta yo‘nalishdagi hujjatlar 19 ta yo‘nalishga qisqartirilib, 14 ta yo‘nalishlar umumlashtirilgan, 2 ta yo‘nalish boshqa xodimga yuklatilgan, 2 ta yo‘nalish bekor qilingan edi. Ammo bugungi kungacha bir qancha o'zgarishlar kiritildi. Masalan 263 - qaror o'z kuchini yo'qotdi, 2017 yil 14-martdagi  PQ-2833-sonli qaror bo'yicha chora tadbirlar ishlab chiqilib, tizimli ishlar olib borilmoqda. Ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha 451 -qaror o'z kuchini yo'qotgan bo'lib, o'rniga 3160-sonli qaror bo'yicha hujjatlar tayyorlanmoqda.  "Orasta qizlar to'garagi" o'rniga "Qizlarjonlar klubi" tashkil etildi. 10-papka xotin-qizlar hujjatlari ham 2018 yil 2-fevraldagi PQ-5325-sonli qaror va nizomga asosan boshlang'ich xotin-qizlar qo'mitasi hujjatlari qayta ishlab chiqilgan. 18 papka obodonlashtirish ishlari hujjatlari ham Xalq ta'limi vazirining buyrug'iga asosan o'zgartirildi. Xarakatlar strategiyasi hujjatlari kiritildi.  

 

Xalq Ta'limi Vazirligining 2019 yil 29-avgust kungi 282-sonli buyrug'iga asosan Umumiy o'rta ta'lim muassasasining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlarining ish yuritish hujjatlari yig'ma jildi 7 taga qisqartirildi.

 

№ 1

YILLIK ISh REJA VA IJROSI YuZASIDAN HUJJATLAR

TO‘PLAMI

(yuqori tashkilotlar rejasi, muhim tashabbuslar va ta'lim muassasasi umumiy rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ ish rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar va hisobotlar)

№ 2

VOYaGA YeTMAGANLAR O‘RTASIDA NAZORATSIZLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING PROFILAKTIKASIGA DOIR HUJJATLAR TO‘PLAMI

(voyaga yetmaganlar ishlari idoralararo komissiya /IIV va ichki ro‘yxatga olingan o‘quvchilar/, odam savdosiga, giyohvandlikka, diniy ekstremizm va aqidaparastlikka, OITSga qarshi kurash, yul harakati va yong‘in xavfsizligi yunalishiga oid yuqori tashkilotlar rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ ta'lim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar va hisobotlar)

№ 3

“OILA-MAHALLA-TA'LIM MUASSASASI” HAMKORLIGI JAMOAT KENGAShI FAOLIYaTIGA DOIR HUJJATLAR

TO‘PLAMI

(yuqori tashkilotlarning /shu jumladan xotin-qizlar qo‘mitasi/ hamkorlik rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ ta'lim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilish yuzasidan tegishli hujjatlar va hisobotlar)

 

№ 4

MILLIY G‘OYa VA MA'NAVIYaT ASOSLARI TURKUMIGA KIRADIGAN FANLAR, TARBIYaVIY SOATLAR O‘QITILIShIGA HAMDA SINF RAHBARLARI USLUBIY BIRLAShMASI FAOLIYaTIGA DOIR HUJJATLAR TO‘PLAMI

(ushbu yunalishga doir hujjatlar bilan birga mobil telefonidan foydalanish tartibi, muassasaning ichki tartib qoidalari, odob- axloq qoidalariga oid tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar va hisobotlar)

 

№ 5

O‘QUVChILAR DAVOMATIGA DOIR HUJJATLAR TO‘PLAMI

(yoshlar yetakchisi tomonidan umumlashtirilgan va xalq ta'limi bo‘limiga taqdim etilgan davomat bo‘yicha ma'lumotlar, muntazam va surunkali dars qoldiruvchi o‘quvchilar va noqobil oila farzandlari bilan olib boriladigan tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning ijrosi yuzasidan tegishli hujjatlar)

 

№ 6

YIL NOMLANIShI VA YoShLAR SIYoSATIGA OID DAVLAT DASTURLARI IJROSIGA DOIR HUJJATLAR TO‘PLAMI

(yuqori tashkilotlar rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ tadbirlar rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar va hisobotlar)

 

№ 7

O‘QUVChILARNING BO‘Sh VAQTLARINI MAZMUNLI TAShKIL ETISh, TO‘GARAKLAR FAOLIYaTI VA TA'TIL KUNLARIGA DOIR HUJJATLAR TO‘PLAMI

(fanlar, muhim tashabbuslar doirasida to‘garaklarni faoliyatini tashkil etish va o‘quvchilarni jalb etish rejasi, shuniingdek, ta'til rejalari, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan hisobotlar)

TAYYOR BETLIK YA'NI YIG'MA JILD MUQOVALARINI KO'CHIRIB OLISH UCHUN QUYIDAGI HAVOLANI BOSING.

Yuklab olish

Reklama
Reklama