Kategoriya: MMIBDO'
Namuna. Variativ o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ma'lumot.
_______ viloyati umumiy o‘rta ta'lim maktablarida variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida
MA'LUMOT
O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar va ularning individual xohish istaklari, qobiliyatlari asosida kelgusida tanlaydigan kasblari bo‘yicha tegishli oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari mavjud fanlarni chukur o‘rganishlariga sharoitlar yaratish maqsadida ushbu variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv reja viloyatimizdagi 150 dan ziyod ta'lim muasasalarining 10-11-sinflarida 2019-2020-o‘quv yilining 3-choragidan boshlab, o‘quv yili yakuniga qadar tajriba-sinovdan o‘tkaziladi.
Ushbu ta'lim muassasalarida tanlov sinfi umumiy urta ta'lim maktabida mavjud 10-11-sinflar o‘quvchilari kontingenti xisobidan tashkil etiladi.
Umumiy o‘rta ta'lim maktabida tanlov sinfini tashkil etishda yuqori malakali, tajribali o‘qituvchilarning mavjudligi inobatga olinib, tanlov sinfida ta'lim jarayoni ayrim fanlarni chuqur o‘rgatish asosida tashkil etiladi.
1. Tanlov sinfini tashkil etish uchun quyidagi yo‘nalishlar tavsiya etiladi:
birinchi yo‘nalish: xorijiy til va filologiya yunalishi;
ikkinchi yo‘nalish: moliya — istisod yunalishi;
uchinchi yo‘nalish: texnologiya yunalishi;
turtinchi yo‘nalish: tabiiy fanlar yunalishi;
beshinchi yo‘nalish: ijtimoiy-gumanitar yunalish.
O‘quvchilarchilardan olingan xulosalar asosida umumta'lim maktabida barcha yo‘nalishlarda tanlov sinflari ochilishi talab etilmaydi. Maktabda bitta yo‘nalishda tanlov sinfi ochilishiga yo‘l qo‘yiladi.
2. O‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish va natijasini umumlashtirish uchun maktabda tanlov komissiyasi tuziladi.
Tanlov komissiyasi tarkibiga:
-maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari,
-psixolog,
-amaldagi sinf rahbarlari,
-fan metod birlashmalari raxbarlari,
-ota-onalar qo‘mitasi raisi kiritiladi;
Bunda, tanlov komissiyasi a'zolari tarkibiga o‘quvchilarning ota-onalari va tegishli yunalishdagi fan o‘qituvchilari kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ota-onalar qo‘mitasi raisi va fan metod birlashmalari rahbarlari bundan mustasno).
3. So‘rovnomani o‘tkazish va natijalarini umumlashtirish jarayonining shaffofligini ta'minlash, jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida ushbu jarayonlarda maktabning Kuzatuv kengashi a'zolari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
4. So‘rovnoma natijasida tegishli tanlov sinfida o‘qishni xohlagan o‘quvchilar soni 35 nafardan oshib ketsa, bunday holda o‘quvchilar maktab tomonidan tashkil etiladigan tegishli fan bo‘yicha sinov natijalari asosida tanlov sinfiga qabul qilinadi.
Agarda tanlov sinfida o‘qishni xohlagan o‘quvchilar soni 35 nafardan ortiq bo‘lmasa, bunday holda o‘quvchilar tanlov sinfiga sinovsiz qabul qilinadi.
Ota-onalar farzandlarini tanlov sinfiga qabul qilishi to‘g‘risida direktor nomiga ariza yozishadi.
Agar o‘quvchi tanlov sinfida o‘qishni xohlamasa, bunda o‘quvchi an'anaviy (odatdagi) sinfda o‘qishni davom ettiradi.
Tanlov sinfi uchun variativ o‘quv rejani tuzishda 2019-2020 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejada 10-11-sinflarga ajratilgan umumiy dars soatlari miqdori asos qilib olinadi.
Majburiy fanlar
Tanlov sinfida variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejani tajriba-sinovdan o‘tkazishda quyidagi 8 ta majburiy fan o‘qitiladi: Ona tili va adabiyoti, Uzbek tili/rus tili, Chet tili, Tarix, Matematika, Informatika, Ma'naviyat asoslari, Jismoniy tarbiya.
Tanlov fanlari
Xorijiy til va filologiya yo‘nalishida: 10-sinfda “Chet tili” fani 5 soat, “Ona tili va adabiyoti” fani 6 soat, 11-sinfda “Chet tili” fani 5,5 soat, “Ona tili va adabiyoti” fani 6 soat usitilishi mumkin;
Moliya — istisod yunalishida: 10-sinfda “Matematika” fani 6 soat, “Chet tili” fani 5 soat, 11-sinfda “Matematika” fani 5,5 soat, “Chet tili” fani 6 soat usitilishi mumkin;
Texnologiya yunalishida: 10-sinfda “Matematika” fani 4 soat, “Fizika” fani 7 soat, 11-sinfda “Matematika” fani 4,5 soat, “Fizika” fani 7 soat usitilishi mumkin;
Tabiiy fanlar yunalishida: 10-sinfda “Biologiya” fani 5 soat, “Kimyo” fani 6 soat, 11-sinfda “Biologiya” fani 5,5 soat, “Kimyo” fani 6 soat usitilishi mumkin;
Gumanitar yunalishida: 10-sinfda “Tarix” fani 5 soat, “Ona tili va adabiyoti” fani 6 soat, 11-sinfda “Tarix” fani 5 soat, “Ona tili va adabiyoti” fani 6,5 soat o‘qitilishi mumkin.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
4-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022