Assalomu alaykum! Biznesni rivojlantirish uchun u haqda ommaga tanishtirish kerak, e'lon qilish kerak. Odatda televideniyaga reklama berish orqali shunday qilishar edi. Hozirda esa vaziyat o'zgardi. Nimaga-ki odamlar har narsadan ko'ra internetni afzal ko'rmoqda. Internetga reklama berish kerak desam bir oz yanglishaman. Chunki internetda reklama berish uchun biror saytga, yoki Goole Adsens kabi kompaniyalarga berish kerak bo'ladi. Lekin bu usul o'zini qismangina oqlaydi. Ya'ni biror saytga reklama  bersangiz faqatgina o'sha saytning mavzusiga qiziqadiganlar kiradi. Hamma qiziqadigan yagona saytning o'zi bo'lmaydi. Agar Google Adsens, Yandex Direktlarga beradigan bo'lsak unda ham chegaralanagan auditroyaga ega bo'lasiz. Negaki  bu kabi kompaniyalar faqatgina rus, ingliz...(ulardagi mavjud) tillardagi ma'lumotlari bor saytlardagina mavjud bo'lib o'zbek tilidagi ma'lumotlari bor saytlarga reklama bermaydi. Bu muammoning yechimi bu - ijtimoiy tarmoqlar.