Kategoriya: Hikoyalar
Oilada tinchlik va osoyishtalik
Oilada janjal va nizolarni hal qilish uchun hurmat yordam beradi. Sharqda shunday naql borki, agarda xotin o’z erini hurmat qilsa, erni qo’shnilar ham hurmat qiladilar; erni qo’shnilar hurmat qilsalar, uni butun shahar hurmat qiladi; erni shahar hurmat qilsa, uni butun dunyo ham hurmat qiladi. Hayotda muvaffaqiyatga erishgan erkaklarning xotinlariga oson emas, lekin ularning erini hurmat qilish uchun juda ko’p asoslar mavjud. Shu bilan birga, juda muvaffaqiyatli erkaklar ko’pincha o’zining oila a’zolariga nisbatan ko’proq tanqidiy munosabatda bo’ladilar, ularni nazorat qilish va o’zlariga bo’ysunishlarini istaydilar. Bunday vaziyatda ularni hurmat qilish ham oson kechmaydi.
Eng yaxshi variant – erni har qanday vaziyatda , chin dildan hurmat qilish, uning qiziqishlarini birgalikda baham ko’rish, u lozim topgan qarorlarni bajarib, bunda o’zingiz uchun ijobiy taraflarni topishdan iborat.
Misol uchun, hammada k’op uchraydigan vaziyatni keltirish mumkin, ayyol eriga yetarli g’amxo’rlik qilsada, lekin buni xohlamay turib yoki yomon kayfiyatda bajarsa, er barchasini yahshi sezib, bundan ga’shi keladi. Erkak kishi uchun ayyolning majbur bo’lganligi sababli ko’rsatilgan g’amxo’rligi emas, balki chin yurakdan, samimiy bo’lgan munosabatlar juda muhim. Agar erga g’amxo’rlik majburiy bo’lsa, uning “keragi yuq” kabi javobini eshitishga tayyor bo’ling.
Muvaffaqiyatli erkaklar uchun o’zaro samimiy hurmat juda muhim talabdir. O’z ayyollaridan erlarni qayta tarbiyalashlariga urinmasliklarini, erlarning nuqtai nazar-qarashlarining qadriga yetishlari, ularga quloq solishlari va his-tuyg’ulariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishlarini kutadilar. Buning barchasi hurmat hisoblanadi. Lekin ota-onasi bir-birini hurmat qilmaydigan ayyol o’z erini hurmat qilishni o’rganishi mumkinmi?
O’zaro hurmatni saqlagan xolda, nizolarni qanday hal qilish mumkinligini ko’rib chiqaylik. Agarda haqiqatda mavjud his-tuyg’ularimizni bayon qilganimizda edi, ko’plab janjal va nizolarni oldini olish mumkin edi. Avjiga chiqqan nizoni katta janjalga aylanishiga yo’l qo’ymaslik uchun bir necha qoidalarga rioya qilish kifoya:
-
- O’z his-tuyg’ularingizni namoyon qilishni o’rganing. “Men Sizni juda kutgan edim, shuning uchun ham va’da qilganingizdan ko’ra kechroq kelganingizga hafa bo’ldim” kabi ibora jahl ustida “Siz hech qachon bergab va’dangizning ustidan chiqmaysiz” aytilgan gapdan ko’ra asosliroq va ma’qulroqdir.
- Ichingizda kechuvchi his-tuyg’ularni boshqalarga tushuntirish uchun “Men” xabarlaridan foydalaning. “Mening jahlim chiqqanligi uchun o’zimga kelishim uchun biroz vaqt kerak”, degan ibora “Menga tegmang!” kabi haqoratomuz gapga nisbatan tushunarliroq bo’ladi.
- Muammoning yechimini topishda shahsan turmush o’rtog’ingiz uchun qulay bo’lgan usulni tanlash uchun maslahatlashing. Masalan, “Ishdan kech qolganingizda Sizga qo’ng’riqoq qilishimga qanday qaraysiz?”, deb so’rang. Eringiz Sizning havotir olmasligingiz uchun Sizdan kam bo’lmagan holda manfaatdor. Shuning uchun ham, vaziyatdan chiqishning o’zingiz tanlagan yo’llarini taklif eting.
- Suhbat uchun qulay fursatni tanlang. Ish kunidan so’ng, erkak kishi dam olishni xohlaydi, unga ostonadan boshlangan janjal kerak emas. Suhbatni er uydan chiqib ketayotgan paytda boshlash ham noto’g’ri hisoblanadi. Sizning muammolarni muhokama qilishni to’satdan taklif qilishingiz ortiqcha stress hisoblanadi.
- Sunbat qancha vaqt talab qilishi to’g’risida oldindan ogohlantiring. Agarda Siz “Men Siz bilan gaplashib olmoqchi edim, bu 10 minutcha vaqtingizni egallaydi” deb aytsangiz, eringiz muloqotda ishtirok etishga tayyor bo’ladi. Odatda, erkaklar uzoq muddat davom etuvchi muhokamalardan qochishadi.
- Asabiylashib, jazavaga tushmang. Agarda yuqorida tavsiya qilingan iboralarni ko’z yosh bilan fojiali ko’rinishda aytadigan bo’lsangiz, erkak kishi bu hiyla-nayranglarni sezib qolishi mumkin. Shuning uchun ham, muhim gap boshlashdan avval, mavjud vaziyatda nimaga erishishni hoxlashingizni dastlab o’ylb ko'ring.
Internetdan olindi
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022