Ona tiliga munosabat


To‘g‘risi qaysi asarda o‘qiganim esimda yo‘q
Qisqacha mazmuni quyidagicha.

.... Bir yigit uzoq muddatli safardan uyiga ya'ni vataniga qaytib kelibdi. U yigit qishloqdagi bir keksa onaxonga o‘g‘lidan xabar olib kelgan ekan. Onaxondi uyiga boribdi. Keksa ona xaligi yigitni yaxshi kutib olibdi va o‘g‘lidan olib kelgan xabarni tezroq aytishini iltimos qilib so‘rabdi:
- O‘g‘lim gapir endi meni farzandimni ko‘rdingmi? tanu-joni sog‘mi? nega xat yozmayabdi ekan? Ishqilib tinchmikan?
- Onaxon, farzandingizni ko‘rdim. Yetti muchasi sog‘. Tinch xayot kechiryabdi. Xat yozmaganiga sabab ona tilini unutgan....shunda onaxon:

-To‘xta, debdiyu uyiga kirib ketibdi va ichkaridan qora ro‘mol o‘rab chiqibdi. Yigit xayron bo‘lib:
- xa ona debdi. Ona sho‘rlik shunday debdi:
- Ona tilini unutgan bo‘lsa, men o‘g‘limga a'za ochdim.....
tamom.
Buni yozishimdan maqsad xizmat safari tufayli bir oy poytaxtda bo‘ldim. Ayrim odamlarni ona tiliga bo‘lgan munosabatini ko‘rib shu xikoya esimga keldi.

Latif Xamedov.

Reklama
Reklama