Kategoriya: Hikoyalar
Onangizni asrang!
Bir yigit kasal bo'lib yotardi. Ruxi tanani tark etibdi. Savob ishlari kupligi bois jannatiy bulibdi.
Bir farishta kelib men bilan uch kadam tashlab yursang jannatni kurasan debdi. Bir kadam tashlabdi. Yigi ovozi kelibdi.
-Bu sening dusting seni uylib uch kun aza tutadi debdi farishta. Yigit dustini duo kilib yana bir kadam tashlabdi. Undanda balandrok yigi ovozi kelibdi.
-Bu ayoling yigi ovozi. U seni kirk kun uylab aza tutadi. Yigit ayolini xam duo kilib endi kadam tashlamokchi bulib turganida dunyoni larzaga keltirguvchi nola kelibdi.
-Bu seni onang ula ulgunicha yiglab seni eslaydi. Agar yana bir kadam tashlasang jannatga borasan, ortga kaytsang bunday imkon keyin bulmasligi mumkin
Nima bulsa bular jannatda onamni nolalarini eshitib bemalol yurolmayman deb yigit ortga kaytibdi. Yigit kuzini ochib, ustida onasini yiglab utirganini kuribdi.
✧~~~~❅~~~~~❧✩❧~~~~~❅~~~~✧
ONA - BUYUK INSON...
Qiziq-a...
Odamzod salgina og‘rib qolsa, dard cheksa darhol onasini eslaydi...
Hech bo‘lmasa "Oh onajon" deb qo‘yadi. Nega shunday...?
Axir onalarning hammasi ham shifokor emas-ku? Otasini... aka-ukasini, opa-singlisini, hatto turmush o‘rtog‘ini ham emas, aynan onasini eslaydi, chaqiradi!
Aytishlaricha ayol kishi dard tutganida ham "ona" deb chaqirar ekan, garchi onasi uzoqlarda bo‘lsa-da, kelolmasligini sezsa-da... Ozroq mazamiz qochib ko‘nglimizga qil sig‘may qolsa, onamizga qo‘ng‘iroq qilamiz:
Ona mazam yo‘q...
Onamiz esa odati bo‘yicha vaqtida oldini olmagan ishlarimizni (yupun kiyinganmiz, vaqtida ovqatlanmaganimiz va hakozo) shularni aytib koyiydi, tergaydi...
Go‘shakni qo‘yamiz-da negadir yengil tortamiz, o‘nta dori berolmagan davoni onaning bir lahzalik kuyinishi, qayg‘urishi mehr beradi goho...! Xo‘sh nega shunday...?
✧~~~~❅~~~~~❧✩❧~~~~~❅~~~~✧
Bu voqeani singlimiz Feruza hikoya qilib bergandi: “Yangi kelin bo‘lib tushgan kezlarim... Saksondan oshgan xasta qaynona buvim to‘satdan og‘irlashib qoldi. U zo‘rg‘a nafas olar, tomog‘idan suv ham o‘tmasdi.
Qaynotam esa volidasining yuziga yuzini bosib: “Onajon, bergan sutingizga rozi bo‘ling”, deya pichirlardi. To‘rt kun shu alfozda yotgan buvimiz nihoyat ko‘zini asta ochdi.
Buni ko‘rib, barchamiz g‘imirlab qoldik. Qaynotam onasining qo‘llarini silab, o‘pib qo‘ydi. Kampir o‘g‘liga engash, degandek ishora qildi. Qaynotam shoshib engashdi.
Ona:
– Bolam, ovqatingni yedingmi?.. – deya oldi arang.
Biz buvijonimiz o‘zlariga kelib, xatto gapirganlaridan hammamiz kulib yubordik.
Lekin bu hursandchiligimiz uzoqqa cho‘zilmadi.
Onaizor kalimai shahodatni aytib, jon taslim qildi”.
ONASI , OTASI BORLAR.
BAXTINGIZNI EHTIYOT QILING!
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022