Kategoriya: Maqolalar
O'qituvchini o'ldirgan aka-ukalar otuvga hukm qilindi
Mogilev viloyat sudi Cherikov raytsentrida yashovchi aka-ukalar – 21 yoshli Ilya va 19 yoshli Stanislav Kostevga o'lim jazosini berdi. Rezonans ishi mamlakat Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning nazorati ostida o'tkazildi. O'lim jazosini davlat ayblovchisi Yuliya Bokaya talab qildi.
Ushbu shafqatsiz qotillik, aprel oyida 2019 yilda Cherikov atrofidagi uyda sodir bo'lgan. Yong'indan keyin 47 yoshli ayolning kuygan jasadi topilgan – uning butun tanasi pichoq bilan kesilgan edi. Vafot etgan o'qituvchi-defektolog Natalya Kostritsa edi. Tez orada uning qo'shnilari Ilya va Stanislav Kostevlar qo'lga olindi. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, aka-ukalar va ularning qurboni o'rtasidagi munosabatlar ziddiyatli edi.
O'qituvchi-defektolog Natalya Kostritsa ushbu aka-ukalarning opasi voyaga yetmagan ukalariga nisbatan vasiylik qila olmayotganini militsiyaga aytgan va oila jamiyat uchun xavfli deb hisoblanib ro'yhatga olingan. Aka-ukalar bundan g'azablangan. Juda mast holatida o'qituvchining uyiga borishgan. O'qituvchi ularni uyiga kiritgan. 130 joyidan pichoq bilan jarohat yetkazgan. Uydagi qimmatbaho narsalarni yig'ishtirishgan va iz qoldirmaslik uchun uyni yoqib yuborishgan.
Jinoyatchilar aybini tan olib, kechirim so'rashgan.
"Bizga yashashga va qachondir 1 kun bo'lsa ham to'laqonli fuqaro bo'lishga imkon bering. Biz erkinlik bilan bog'laydigan ipni yo'qotishni xohlamaymiz"- deb aytdi Stanislav Kostev.
P.s.
Belorussiya o'lim jazosi mavjud bo'lgan Evropaning oxirgi mamlakatidir. Mamlakat hukumati oliy jazodan foydalanish bo'yicha rasmiy statistikani e'lon qilmaydi. Otishma sanasi va joyi mahkumlarning qarindoshlariga xabar berilmaydi. Sud qarori ijro etiladigan odamlarning jasadlari ko'milgan joy haqida ham ma'lumot bermaydi.
Manbaa: Mirtesen
O'qituvchilar va ta'lim tizimiga oid yangiliklar va maqolalar bilan telegramdagi Pedagog.googol.uz kanalimiz orqali bohabar bo'lib turishingiz mumkin.
Kanal ssilkasi: https://t.me/pedagog_googol_uz
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022