Kategoriya: Maqolalar

O'quvchining javobi hayotidan olingan edi


O‘qituvchi dars chog‘ida halokatga uchragan kema haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi: 
  -Kemada er-xotin ham bor ekan. Ular qutqaruv kemasigacha suzib borishdi. Birgina joy bor ekan. Er xotinini itarib yubordi. Shunda cho‘kayotgan ayol eriga nima dedi. Qani kim aytadi... 
   Ko‘pchilik bir ovozdan "Sendan nafratlanaman", yoki, "Ko‘zim ko‘r bo‘lgan ekan" degan so‘zni aytgan dedi...
Shu payt o‘qituvchining ko‘zi jimgina o‘tirgan bolaga tushdi...
   -Nima deb uylaysan, ayol eriga nima degan?... 
   -Bolamizni ehtiyot qiling - degan.
   -Sen bu voqeani bilasanmi?- hayratlanib so‘radi o‘qituvchi.
   -Yo‘q, meni oyim ham o‘limi oldidan dadamga shunday degan - dedi. 
   O‘qituvchi ko‘ziga qalqib kelgan yoshni ko‘rsatmaslik uchun chetga burildi...
Onalar qabrga kirgunga qadar faqat farzandini o‘ylar ekan.

Reklama
Reklama