Kategoriya: Hikoyalar

O‘ta ketgan pastkashlik


Er ayoliga qamoq panjarasi ortidan: “Bolaligimizda onam bizga sigirimiz sutidan pishloq tayyorlab berardilar. O‘sha pishloqni judayam sog‘indim!” dedi.


Ayol sigir sotib oldi. Ertalab va kechqurun uni yaylovga qo‘yib yuborardi. Keyin sigirni sog‘ib, o‘sha sutdan pishloq tayyorlar edi. Yigirma yil davomida eriga shu tarzda pishloq tayyorlab, jo‘natib turdi.
Er qamoqdan ozod bo‘lib qaytgach, ayolidan kelayotgan badbo‘y tezak hididan jirkandi va u bilan ajrashib, boshqa ayolga uylandi.


Maktabda o‘rgangan darslarimizdan biri shuki, ichi bo‘sh boshoq dalada boshini ko‘tarib turadi, donga to‘la boshoq esa boshini engashtirib turadi. Demak, faqat oliyjanob inson kamtar bo‘ladi, pastkash kimsa kekkaygan bo‘ladi.


© Ali Tantoviy

Reklama
Reklama