Kategoriya: Hikoyalar

O'tinchi hikoyasi. Ibratli hikoya


Bir o‘tinchi yigit bo‘lgan ekan. O‘rmonga borib, toqqa chiqib o‘tin terib kelib bozorda sotardi. O‘tin topolmay ozroq shox olib kelsa, bozorda o‘tin yo‘q, ikki tangaga sotar, yanagi safar ko‘p o‘tin topib kelsa, bozorda o‘tin ko‘payib zo‘rg‘a ikki tangaga sotardi. Har galgi savdosi ikki tanga edi.
Bir kun toqqa chiqib ketayotsa yo‘lida o‘sha zamonni ilmli ulamo kishisi uchrabdi. O‘tinchi salom berib: 
- Sizdan bir nimani so‘rasam maylimi? - debdi. Ulamo kishi: 
- So‘rang - debdi. O‘tinchi: 
- Nima uchun har gal bozorga o‘tin olib kelsam ikki tangaga sotaman. Ko‘p olib kelsam ham, oz olib kelsam ham. 
- Eee o‘tinchi, demak seni rizqing ikki tanga ekan. 
- Yo‘g‘ee, nimaga ikki tanga bo‘ladi. Man boshqa ish qilaman. Mardikor bozoriga chiqaman. Ko‘proq pul topaman - debdi o‘tinchi. 
Shundan so‘ng o‘tinchi mardikor bozoriga chiqa boshlabdi. Ish juda ko‘p bo‘lgan kun ish beruvchi xasisroq bo‘lib, ikki tanga berarkan. Ish ozroq bo‘lgan kun esa saxiy kishiga uchragan bo‘lib, uyam ikki tanga berarkan. Shu holatda mardikor bozorida tirikchilik qila boshlabdi. Bozor kuni o‘sha zamonni boy kishisi kelibdi. Boy: 
- Mani katta bog‘im bor, o‘shanga qarab yursang. Har kuninga ikki tanga berardim.
- Boy ota, uch tanga qilib bering - debdi o‘tinchi. 
- Yemishing mandan, uy joy beraman. Rozi bo‘lsang yur. Ammo ikki tangadan ortiq bermayman - dedi boy kishi. O‘tinchi nailoj yaxshi joydan qolmay deb rozi bo‘lib boy bilan ketibdi. 
O‘zi halol yigit emasmi, bir pastda boy kishini nazariga tushibdi. Boy bir ikki yil sinab, o‘tinchi ma'qul kelib yagona qizini unga uzatib o‘ziga kuyov qilibdi. O‘tinchi boy kishini hamma ishlarini o‘zi boshqara boshlabdi. Ishga astoydil kirishib obro‘li odamga aylanibdi. Bir qiz, ikki o‘g‘illi bo‘libdi. Vaqti kelib boy kishi olamdan o‘tib, hamma boylik o‘tinchiga qolibdi. 
Bir kuni o‘tinchi otida shahar aylanib ketayotsa, ko‘zi ulamo kishiga tushibdi. Darrov otdan tushib ulamo kishi oldiga boribdi. 
- Assalomu alaykum. Ey, zamonamizi ilmu tolib kishisi. Mani tanidingizmi? - debdi. Ulamo kishi qarab turib: 
- Eee o‘tinchi sanmisan - debdi. 
- Ha man o‘tinchiman. Lekin hozir shu shaharda ikki boy bo‘lsa, biri man. Siz o‘shanda nima degan edingiz. Sani rizqing ikki tanga degan edingizmi. Mana boyib ketdim. 
Ulamo kishi: 
- Obbo o‘tinchiey, sani rizqing haliyam ikki tanga. Bu boylikdagi rizq barokati axli oilang jufti haloling va farzandlarinikidir - degan ekan.

Reklama
Reklama