Kategoriya:

O’zbekiston-ona Vatanim! Sinf soati dars ishlanmasi


1- mavzu: O’zbekiston-ona Vatanim!

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda mustaqil vatanimiz bilan faxrlanish va milliy g`urur tuyg`ularini uyg`otish.Yurt,ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish.Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash, nutqini o`stirish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Kun shiori: Sen-qudrat manbayi,saodat maskani,jonajon O’zbekistonim !

Tarbiyaviy mashg`ulotning  jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.

Tashkiliy qism: O`quvchilarning   darsga  tayyorgarligi, navbatchi  axboroti.

Ma`naviyat daqiqasi :

Vatan ona, Vatan chamandir,
Vatan quyosh, Vatan osmondir.
Vatan she`rdir, Vatan xayoldir,
Vatan tuproq, Vatan iymondir.

II.Asosiy qism:

Vatan-bu sen,ota-onang,oilang va do`stalring yashayotgan yer. Vatan –bu sen bilan birga yashayotgan qushlar,daraxtlar.

Ko`chadan kelar ekansiz,yuzlab derazalar ichidan o`z  uyingiz derazasiga qaraysiz.Nega boshqa derazaga qaramaysiz?Chunki o`sha derazaning ichida sizning vataningiz bor.

Z.M.Bobur o`n ikki yoshida podshoh bo`lgan.U katta harbiy yurishlar qilgan.Hindistonda Andijondan olib borilgan qovunni yeb shoh  Bobur yig`lab yuborgan ekan.U vatanini qattiq sog`ingan.Qovun olib borganlar vatanini olib borisholmasdi-da.

Bizning VatanimizO`zbekiston! O`zbekiston –muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz ota-onamiz  tug`ilib o`sgan maskan.   Biz  uchun  Vatan  bitta!  Mamlakat  bitta!  Bizning  go`zal  yurtimiz,  noyob  tabiatimiz,  betakror  Vatanimiz,  bag`ri keng  va  oliyjanob  xalqimiz  bor.

Men  shu  diyorda  yashayman.  Shu  yurtda  tug`ilib  o`sdim. O`zbekiston  juda  go`zal  diyor.  O`zbekistonda  go`zal  bog`lar, yuksak  tog`lar,  bepayon  dalalar,  zilol  suvlar,  zamonaviy  qishloqlar  va  bir-biridan  go`zal  shaharlar  ko`p.  O`zbekistonimizning  tabiati  xilma-xil  bo`lib,  go`zallikda  tengi  yo`q.  O`zbekiston jannatmakon diyor.

        Bizning  yurtimizda  yoshlarga  juda  katta  e`tibor  qaratilgan.  Chunki  biz  yoshlar         O`zbekistonning  kelajagimiz.  Biz  yoshlarning  yaxshi  yashashimiz,  yaxshi  ta`lim-tarbiya  olishimiz,  dam  olishimiz  uchun  barcha  shart-sharoitlar  yaratilgan.  Yurtimizda  bizning  yaxshi  ta`lim-tarbiya  olishimiz  uchun  yangidan-yangi  maktablar, akademik  litseylar,  kollejlar, oliy  o`quv  yurtlari  bunyod  etilgan.  Biz  yoshlarning  jismonan  baqquvat  va  sog`lom  bo`lishimiz  uchun  sport  inshootlari  va  maydonlar,  suv  havzalari  qurib  bitqazildi. 

       Prezidentimiz Shavkat  Mirziyoyev bejizga “Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim” deb aytmaganlar. Shu sababli ta’limni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yo‘nalish, deb e’lon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kimning bilim olish huquqiga egaligi va bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab qo‘yilganligi buning isbotidir.

             Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan davlatimizni barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsadida, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiishlab chiqilib, hayotga izchil joriy etilmoqda.

I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish

II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada

 isloh qilish

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish

IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish

  • Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat


BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT

Do‘stim bekor o‘tmasin kuning,

Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.

Qara axir bizga sharoit,

Yaratmatmoqda beshta tashabbus.


Tabiatni turfa tasvirlab,

Rasm chizib bera olgin tus.

YOki qo‘shiq aytgin baralla,

Seni qo‘llar beshta tashabbus.

III.Yakuniy qism:

Ona Vatanimiz mustaqilligini keng nishonladik. Darhaqiqat, asrlarga ta`tigulik bu yillar mobaynida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning farzandlar iqbolini o`ylab, bir maqsadu muddao bilan, bir tanu bir jon bo`lib amalga oshirilgan beqiyos ezgu amallari natijasida bugun mamlakatimizni dunyo tan olmoqda. O`z tanlagan yo`li, o`z aytar so`zi va amali bilan jahonni lol qoldirayotgan davlatimiz tobora barkamollik sari intilayapti Savol:.

-Biz ham barkamol avlod bo`lishimiz uchun o`zimizda qaysi fazilatlarni tarbiyalamog`imiz darkor? -(…).

Tarona guruhining  “O`zbekiston” qo`shig`i tinglanadi.

-Qo`shiq nima haqida ekan?

-Vatan haqida ekan.

O`quvchilarning javoblaridan so`ng “BBB” metodi orqali vatan haqidagi ma`lumotlar umumlashtiriladi. O`quvchilar aytishadi.O`qituvchi ularning javoblarini xattaxtaga yozadi.


Dars yakunida  o’quvchilarni rag`batlantiriladi.




To'liq faylni mana bu yerdan Yuklab oling

Rasmdagi kabi holatda yuklab olasiz:

Reklama
Reklama