Kategoriya: Har xil
O'zbekona zamonaviy uylar dizaynlari
O'zbek xalqi borki uyim joyim deya, harakat qilib, terib, topib to'plab uy soladi. Yangi turmush qurgan oilaga ham birinchi navbatda yer (chek) olib, orzu havas bilan oylar, yillar davomida uy solishadi. Oilada o'g'il farzand tug'ilishidan boshlab uy tashvishi tushadi. So'nggi paytda qurilayotgan namunaviy tipdagi zamonaviy uylar bizga qanday uy qurishlikni o'rgatdi desak ham . bo'ladi. O'zbekiston sharoitiga, mentalitetimizga, zamonaviylikga asosan juda qulay va shinam tarzda qilinmoqda. Ammo o'zbekning orzu-havasi bor bo'sin. O'zlarining yashab turgan uylarini huddi ana shunaqangi ko'rinish va ranglarini olgan holda yanada , yanada... qilib qurishga harakat qilishmoqda. Orzu-havasga nima yetsin. Imkon bo'lsa bir marta yashaydigan bu dunyoda o'zi hohlagandek uyda yashashga hamma haqli. Odam bu dunyoda nimanidir maqsad qilib, nimagadir intilib yashash kerak. Bir psixolog youtube dagi blogida aytgan edi. Bir odam uysiz ijarama ijara ko'chib yashab yurar ekan. Ishlab topgan puli ham ijara, oylik to'lovlardan oshmas ekan. Shunday yashash joniga tegib, kundalik muammolardan og'ir depressiya holatiga tushganda psixolog qabuliga boribdi va psixolog maslahatiga ko'ra o'zi orzusidagi uyni rasmini chizibdi. Rasmni har kuni ko'zi tushadigan joyga ilib qo'yibdi. Ertalab turganda o'sha rasmga qarab qachondir o'sha kun kelishiga ishonib kayfiyati ko'tarilar ekan, ishga ketayotganda ana shu uyga pul to'plash uchun degan mazmun bilan ishga borarkan, ishdan charchab kelganda esa shu mehnatlarimning ham bir kuni mana shunday natijasi bo'ladi deya charchoqdan nolimas ekan. Bir necha yildan keyin u shu orzusiga yetibdi. O'sha rasm insonga umid, hayotga, yashashga intilish, g'ayrat, kuch quvvat baxshida etibdi. Psixolog ana shunday qilib u odamni davolabdi.
Ushbu postimda o'zbekona, sharqona tipda qurilishi mumkin bo'lgan zamonaviy dizaynlarni ko'rishingiz mumkin. Nafaqat uy balki uning honalari, tarkibi (darvoza, ayvon, zinapoya, shift...), ichki jihozlarini ham ko'rishingiz mumkin. Siz ham o'zingiz hohlagan uyni mo'ljallab qo'ying. Balki uy yoqmasada ichidagi qaysidir elementi yoqib qolar. Yaxshi, chiroyli narsalarni ko'rish kayfiyatni ko'taradi, kundalik tashvishlardan, miyangizning ichida aylanayotgan hayollaringizdan bir oz bo'lsada sizni chalg'itadi. Bu esa sizni stressdan xalos qiladi. Marhamat ko'ring. Fikrlaringiz bo'lsa tortinmay kommentariyaga yozishingiz mumkin.
O'zbekona xashamatli uylar
Zamonaviy uylar dizayni
Yangi zamonaviy uylar
Uy qurilishini rejalashtirish, 3d planlari
Dunyodagi eng qimmatbaho top 5 ta uylar
Chiroyli landshaftlar dizaynlari
Zamonaviy va chiroyli besedkalar (ayvonlar).
Zamonaviy temir darvozalar dizaynlari
Chiroyli potoloklar
Patolok dizaynlaridan namunalar
Arkalar
Peregorodkalar
Zinapoyalar dizaynlari
Oshxona dizaynlari
Mehmonxona dizaynlari
Sauna dizaynlari
Zamonaviy va shohona vannaxonalar dizayni
Bolalar xonasi dizaynlari
Zamonaviy va shohona yotoqxona dizaynlari
Suyuq (ЖИДКИЙ)oboy dizaynlari
3D ОБОИ дизайнлари
ЧИРОЙЛИ ПАРДАЛАР
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
4-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022