Kategoriya: Maqolalar

Professor 1 ta savol bilan butun kursni yiqitdi


Bir nemis professori huquq fanidan bo‘lib o‘tayotgan yozma imtihon paytida butun kursni mana shu bitta masala bilan yiqitdi: 

"Ikkita qo‘shnining masalasini hal qilish kerak. Birining uyida o‘sayotgan olma daraxti ikkinchisining uyidagi lola ekilgan boqqa egilgan bo‘lib, har olma tushganida chiroyli bo‘lib gullagan nimjon lola soplarini sindiradi"...

Studentlarga bu masala oddiy bo‘lib tuyulib, ayrimlari bog‘bonning yonini olsa, boshqalari gulchini himoya qila boshlashdi. Ular Germaniya qonunchiligida mavjud deyarli barcha tartib-qoidalarni birma-bir ayta boshlashdi. Natijada shu narsa ayon bo‘ldiki, olmalar kuzga yaqin to‘kilsa, lolalar bahorda gullarkan. Professor hayotda ro‘y bermaydigan masalani o‘rtaga tashlagan ekan. 

Studentlarning qarshiligiga, professor sovuqqonlik bilan: 

-Har-xil tartib-qoidalarni izlashdan avval, aqlni to‘g‘ri ishlatish kerak,- deb javob beribdi. 

Manba: Businessstrategy

Reklama
Reklama