Kategoriya: Kategoriyasiz

Qadrdon hind qo'shiqlari


Hind qo'shiqlari o'zining dilga yaqin ohanglari va muhabbatni go'zal tarzda talqin qilinishi bilan barcha yoshdagi insonlarning qalbidan joy olgan. Hind qo'shiqlarini butun dunyoda barcha millatlarda sevib eshitishadi. Bizning ota onalarimiz paytlarida hind kinolarini juda intiqlik bilan kutishgan, klublarga borib, bilet olib juda katta qiziqish bilan ko'rishgan. kinolari esa melodramma ya'ni qo'shiqlardan iborat bo'lgan. Hozir ham ota-onalimiz ushbu qo'shiqlarni eshitishsa yuzlariga tabassum yugurib, ko'zlariga yosh keladi. Darhaqiqat dunyodagi hech bir qo'shiq hind qo'shiqlari kabi insonni yig'latadigan darajada emas. Ular qanday qiladi bilmadimu, ammo barchani yig'latgan qo'shiqlari bor. Ular inson qalbidagi his tuyg'ularini dardlari ifodalab bera oladigan yaratishgan. Ammo hozirgi hand qo'shiqlarini bunday deb bo'lmaydi. Hatto anchadan buyon ko'pchilik eshitmay ham qo'ygan. Eski hind qo'shiqlarini hozir ham qaytadan eshitganimizda ham me'damizgategmaydi. Eshitgimiz keladi. Va hatto o'sha paytdagi holatlarni ham esga tushirib yuboradi. Buni nimasi yomon. Agar yoqsa bemalol internetdan topib yana eshitish mumkin. Hozircha o'zim topgan, hammaga mashhur bo'lgan hind qo'shiqlarini e'tiboringizga havola qilmoqdaman. Yana qaysidir qo'shiqni eshitgingiz kelsa yoki uni hamma eshitishini hohlasangiz kommentariyaga yozing. Men albatta topib, ko'chirib shu yerga qo'yaman. 

 

 

Qadrdon ohanglar

Eski hind qo'shiqlari  jamlanmasi

Sangam

Reklama
Reklama