Kategoriya: Maqolalar

Qattiqqo‘llikdan muallimlik afzaldir.


Maktab direktori aytadi:
  "Ertalab maktabga keldim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, maktabning tashqi devoriga sepiladigan bo‘yoq bilan xunik bir gap yozilgan edi. Uzoq tekshiruvdan so‘ng buni kim qilganini aniqladik. Darrov uning otasini maktabga chaqirdik. U keldi. Devordagi yozuvni ko‘rgach, xotirjamlik bilan o‘g‘lini chaqirib berishimizni so‘radi. O‘g‘lini chaqirdik. U o‘g‘lidan haqiqatdan ham bu ishni qilganmi yoki qilmaganini so‘radi. O‘g‘li qilganini tan oldi. So‘ngra ota cho‘ntagidan telefonini chiqarib bo‘yoqchiga telefon qildi. U kelgach, u bilan devorni oldingidan ham chiroyli qilib berishini aytib kelishdi. Keyin o‘g‘liga qarab sokinlik bilan dedi:
-O‘g‘lim! Agar boshimni ko‘tarib yurishimga sabab bo‘la olmasang, hech bo‘lmaganda uni tushirib yurishimga sabab bo‘lma!
   So‘ngra u bizdan ruxsat olib qaytib ketdi. Men o‘quvchiga qaradim. U qo‘llari bilan yuzini ushlab yig‘lar edi. Men otaning uslubidan va uning bolasiga ta'siridan hayratda edim. So‘ngra u o‘quvchi bizdan kechirim so‘radi, pushaymonligini izhor qildi. Keyinchalik maktabning eng old o‘quvchilaridan biriga aylandi.
   Haqiqiy murabbiy o‘quvchisiga xatodan go‘zal natija olishni, to‘g‘ri yo‘l topishni  o‘rgatadi. Qadimgilar: "Xato to‘g‘rilikka olib boradi", deyishgan. Maqsad jazolash emas. Maqsad muammoni davolash va mushkulotdan iyjobiy natija bilan chiqish yo‘lini topishdir. 
   O‘rgating, qattiqqo‘llik qilmang. Qattiqqo‘llikdan muallimlik afzaldir.


Internetdan

Reklama
Reklama