Kategoriya: Hikoyalar
Qaytar dunyo
Bir kelin qaynonasidan tashqari katta qaynona buvi ham ular bilan birga yashabdilar.
Katta qaynona buvi gohida hojatga chiqishlarini aytsalar, gohi aytmaskanlar.
Bilmay qolarkanlar.
Shunaqa paytda yosh kelinni qaynona buviga qaramoqchi bo‘lsa, o‘zini qaynonasi unamay, o‘zlari tozalab, jerkib, qilgan ishidan og‘ringanini bildirib qo‘yarkanlar.
O‘g‘illari: «Qo‘ying, mana keliningiz qiladi. Buvimni ham jerkib dillarini og‘ritganingiz qolyapti. Qari kishi bo‘lsalar. Yaxshi gapirib turaylik» ma'nosida gapirsa, «Kelin ham birovni bolasi» deb buviga yordam berishini istamaskanlar.
Yosh kelin ham buvisiga qarashdan malollanmasligini aytibdi.
Hech qancha vaqt o‘tmay buvi vafot etibdi.
Qaynona yosh keliniga: «Falonchixon, siz meni qariganimda men qilgan muomalani qilmang, iltimos.
Meni ham asabim ko‘tarmay, buvingizni jerkib tashlagan kunlarim bo‘ldi. Meni bunaqa qilmanglar», deb tinmay yig‘larkan.
Xatosini tushunib.
KO'P KO'RILGAN
1-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
10-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022