Kategoriya: Hikoyalar
Qizlar tarbiyasida loqayd bo'lmang
Tunov kuni avtobusda ketayotgan edim. Yonimdagi o'rindiqda o'tirgan qiz hozirgina bekatdan chiqqan qiz bilan qucholashib ketdi: -Voy, Dili, bormisan? -O'zingmisan, Guli? - Ochilib ketibsan. Pochcham yaxshi yigitga o'xshaydi! -He, o'lsin, -dedi qo'l siltab Dilrabo ismli qiz. -Nega? Urishib qoldilaringmi? -Ajrashdik. -Voy, nimalar deyapsan, Dili? Bir oy bo'lmasidan-a? -taajjublandi Guli. -Axir uni sevarding-ku? -Onasi o'lgur yomonligini men qayodan bilay? Ertalab barvaqt turilgan uyda farishta bo'larmish. Kelin kelindek bo'lishi kerakmish. Eshikdan kim kirsa, salom berarmishman, o'n marta bo'lsa ham. Kechqurun albatta qozon-tovoqni yuvib qo'yishim shartmish. Ertalab yuvamanmi, obedda yuvamanmi- bu mening ishim, to'g'rimi? Xullas, hiqildog'imga keldi. Onasi bilan urishib qoluvdim, o'sha kuniyoq masalani hal qildim: "Yo meni deng, yo onangizni", desam, erim nuqul hiringlab kuladi: :Ham sizni deyman, ham onamni". "Bo'lmasa, bor o'sha onang bilan qo'shmozor bo'l" dedim-da, xayr-ma'zursiz uyga jo'navordim. Dugonalar keyin bekatga tushib qoldilar. Negadir o'zining hayotiga yengil-yelpi qarayotgan Dilraboning gapi meni hayratga soldi. Hali kelinlik libosini yechmay turib oila, o'zi sevgan, ko'ngil bergan erining bahridan o'tish uni zarracha tashvishlantirmayotganligiga ajablanasan kishi. Xo'sh, kelin uyda ro'mol o'rab yurishining nimasi yomon? Eshikdan kirib kelgan odamga esa salom bermaslik odobsizlik emasmi? Yana qozon- tovoqni yuvmagan kelin qanaqa kelin o'zi? Qaynonaning o'gitlarini nojo'yalikka olgan Dilrabo qattiq yanglishadi. Kim bilsin, hali oradan ancha vaqt o'tar, Dilrabo yana oila qurib qaynonali ham bo'lar, lekin ishonchim komilki, u o'zining qilmishidan afsuslanadi...Unda kech bo'ladi, judayam kech. Yoshlikning qadriga yetmay, birinchi turmushidan sababsiz ajralgani uchun bir umr pushaymon bo'lib yashaydi. Turmushda uchraydigan ikr-chikrlar tufayli murosasi qochib, ajralishayotganlar qancha?".
Nazarimda, oilada qiz bolanining or-nomusli, iffatli, go'zal xulqli qilib tarbiyalashdan tashqari uni kelajakda oila tebratib ketishi uchun lozim bo'lgan boshqa bir qator fazilat egasi ham qilib tarbiyalash kerakday ko'rinadi. Kechirimli, kattalarga va turmush o'rtog'iga o'ta hurmatli bo'lgan, ozoda, shirinso'z, qolaversa, turmushning bor- yo'g'iga sabr qilib, tejamkor, tadbirkorlik fazilatlariga ega bo'lgan kelinlargina o'z tumush o'rtoqlariga munosin yor, qaynonalariga suyukli kelin bo'la oladilar.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
8-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
11-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022