Kategoriya: Hikoyalar
Qizlari bor otalar
Bugun kechroq tv ofisidan chiqdim. Toshkent sitining ichi-yu tashida, er-u ko‘kida odam. Shuning hisobiga “Paxtakor”, “O‘zbekiston” metro stansiyasi, “Lukoyl” ofisi ko‘chasida traffic jam. Taksi to‘xtatish uchun ancha kutib qoldim. Termulaman...
Qo‘l ushlagan yoshlar, eski va yangi oilalar, faqat qizlar va faqat yigitlar jamoalari, nabirasini yetaklagan va nabirasi yetaklagan yoshi ulug‘lar...
Bir Ota yelkasiga qizini o‘tkazib olib ketardi. Ota xursand, qizaloq ham xursand. Qizaloq qo‘lchalari bilan otasining iyagidan ushlab olgan. Ular mendan oldinga o‘tib, to‘xtashdi. Ular ham taksi to‘xtatishmoqchi bo‘lishdi. Qizaloq otasining boshida taksiga ishora qila boshladi.
- Ada, shunaqa qilsam taksi ko‘radimi? -qo‘lchalarini bigiz qilib ko‘rsatdi ona qizaloq.
- Tepadan zo‘r ko‘rinadi
- Ada, mani bo‘yim balaaaan a? -Taksi to‘xtamayaptimi?, - so‘radi ota yelkasidagi qizchasi bilan qiynalib menga o‘girilib. - 15 minutdan beri turibman,- dedim.
- Ada, tushamaaaan...- qizcha pitirlay boshladi.
- Taksi to‘xtaguncha o‘tirvur, qizim. Oyog‘im og‘rivotti dedingku... 3-4 daqiqa o‘tgach ular mendan oldinda turishgani uchun taksi birinchi ularga to‘xtadi va qizcha otasining yelkasidan tushdi. Otasi ehtiyotlab uni mashinaga o‘tkazdi va ketishdi. Men yaqin orada ko‘rgan eng chiroyli manzara shu edi. Otaning yelkasida xursand o‘tirgan, ba'zan uning yuzlarini silab qo‘ygan qiz. Qizining oyog‘i og‘rimasligi uchun yelkasiga opichlab olgan ota.
Iltimos, Otalar, qizlaringiz katta hayotning katta yo‘llariga chiqishganida ham sizning yelkangiz borligini his qilib yashashsin. Bo‘ylari baland ekaniga ishonib yashashsin. Sizdan boshqalarning oldida poyi patak bo‘lishmasin. Qizlari bor Otalar, sizlar juda baxtlisizlar. Otasi yelkasida ko‘targan Qizlar, sizlar juda baxtlisizlar...
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
4-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022