Kategoriya: Hikoyalar

Qo‘shnilarning oqibati


Muslim ibn Sa'dning jiyani Abdulloh aytadi:

«Haj qilishni niyat qildim. Muslim tog‘am menga o‘n ming dirham pul berib, «Madinaga borsang, u yerdagi eng faqir oilani topib, mana shu pulni bergin», dedi.

Madinaga kelgach, eng faqir oilani qidirdim. Odamlar bir uyni ko‘rsatishdi. O‘sha uyga borib, eshigini taqillatdim. Ichkaridan bir ayol: «Kim?» dedi. Men: «Men Bag‘doddan keldim. Menga o‘n ming dirham omonat berib yuborishgan. Bu pullarni Madinaning eng faqir oilasiga berib quyishim kerak. Eng faqir oila deb sizlarni ko‘rsatishdi. Shuning uchun mana shu pullarni olsangiz», dedim. U ayol: «Allohning bandasi, pulni berib yuborgan odam «Eng faqir oilaga» degan shart bilan beribdi. Anavi bizning ruparamizdagilar bizdan ham faqirrok», dedi.

Ruparadagi uyning eshigini taqillatdim. Ichkaridan bir ayol kimligimni suradi. Birinchi ayolga aytgan gaplarni unga ham aytdim. U ayol: «Ey Allohning bandasi, faqirlikda ko‘shnimiz bilan barobarmiz, pulni o‘rtamizda taqsimlab bera qol», dedi.

Reklama
Reklama