Safar


Oilaviy 2-3 kun dam olish niyatida azonda poytaxt tomonga yo‘lga chiqdik. Istirohat bog‘larni aylanishdan boshlab, yangi qurilayotgan "Siti"largacha tomosha qildik. Bolalarimni xursand bo‘lganini ko‘rib, to‘g‘risi yosharib ketgandek bo‘ldim. Mehmonxonada bir kun yotib, kechgacha yana shaxar aylandik.
Shu bilan qachon fursat bo‘ladi dedimda, Gulistonga, qarindoshlarni ko‘rgani ketdik.Gulistonda ham taassurotlar bir dunyo...Qarindoshlar bilan xayr-xushlashib, uch kun deganda Qo‘qon tomon yo‘lga chiqdik. Qamchiq dovoniga ko‘tarilishda "Chinor" postda DAN hodimlari to‘xtatishdi. Salomlashib " ha komandir" desam, xujjatlarni oling, dedi yoshgina yigitcha. Xo‘p bo‘ladi dedimda, barni ochdim, tex pasportni o‘zi turibdi. Sovuq ter chiqib ketdi. Xozir, dedimda mashinadan tushib hamma joyni qidirishga tushdim, YO‘Q.
Xaydovchilik guvoxnoma, sug‘urta, ishonchnoma...xech qaysisi yo‘q.
DAN hodimi mashinani jarima maydoniga olib borishini aytdi. Iltimos qilishga tushdim. Uch kun deganda uyga qaytyabmiz, biror joyda to‘xtatishmadi, xujjatlarim uyda qolib ketganini xozir bildim desam, hodim ishonmadi (sizlarga o‘xshab), yaxshigina iltimos qilganimdan keyin, nima ish qilishimni so‘radi. O‘qituvchiligimni aytganimdan keyin, ancha yumshab , o‘qituvchilarni xurmat qilishini aytib, eng kam jarimani rasmiylashtirib, oq yo‘l tilab kuzatib yuborishdi.
Aytmoqchi bo‘lganim, ikki kun Toshkent, bir kun Guliston shaxrida yurdim. Ellikdan oshiq DAN xodimi yonidan o‘tgan bo‘lsam, o‘ndan oshiq DAN postidan o‘tdim. Toshkentda ikki marta, Gulistonda bir marta DAN xodimi to‘xtatib xujjatimni so‘ramasdan qo‘yib yuborishdi. Xudo asrayman desa xech gap emas. Uydan chiqayotganda ota-onamdan duolarini olib, O‘zinga tavakkal deb yo‘lga tushganim esimda.
Uyga kelsam, uydayam xujjatlar topilmadi. Maktabdagi domlalarimizni xujjatlariga qo‘shilib xonasiga kirib ketgan ekan. TOPILDI.

Latif Xamedov

Reklama
Reklama