Kategoriya: Postlar
Selfi: zamonaviy hobbimi yoki ruhiy kasallik?
Hozirgi zamonda selfi so'zini kim eshitmagan. Albatta bu so'z hammamizga tanish. Bu huddi foto avto portretning o'zginasi, inglizcha "o'zim" degan so'zidan kelib chiqqan. Agar tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, 2014 yilda selfi o'zining allaqachon 100 yilligini nishonlagan. Birinchi marotaba o'zini suratga olgan mualliflikga huquqiga ega knyajena Anastasiya Romanova bo'lgn. 1914 yili oynaga qaragan holda o'zini suratga olgan va do'zstiga yuborgan. Tarix selfining juda ko'p turlarini ko'rdi, lekin 2002 yildan boshlab keng miqiyosda tarqala boshladi. Avvallari faqat rassomlar tomonidan selfi qilingan bo'lsa mobil telefonlar chiqqanidan so'ng ommaviy ravishda tus oldi.
Odamlar nima uchun "Selfie" qiladi?
Odamlar nima uchun selfi qiladi? O'zini tashqaridan ko'rish uchunmi? Yoki o'zining kamchilik va yutuqlarini ko'rish uchunmi? Balki boshqa odamlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda layklar yig'ib maqtov eshitish uchundir?
Har qanday yangilik kabi bu odat ham olimlar nazaridan chetda qolmadi. Va nihoyat selfining kelib chiqishi va uning tabiatini o'rganish uchun izlanishlar olib borildi.
2014 yili internetda Selfiga ruju qo'yish ruhan nosog'lomlik ekanligi to'g'risida yangilik tarqaldi.
Isbot sifatida bir necha bor g'amgin selfi tushgan voyaga yetmaganlar keyinchalik o'z joniga qasd qilinganligi e'tirof etildi. "Selfi" hobbisiga aylangan odam selfizm, eng yomon holatida esa selfidiatizm kasalligiga chalinadi deyilgan psixologlarning xulosasini kuzatuvchilar tomonidan hayrat bilan qarshilandi.
Selfi kasalligining 3 ta bosqichi
Chikagolik tibbiyot hodimlari ushbu kasallikning 3 ta bosqichini aniqlashdi.
Agar kuniga 3 marotaba o'zini rasmga olsa va uni tarmoqqa joylamasa 1-stadiyasi,
Kuniga 3 marta va undan ko'proq o'zini rasmga olsa va tarmoqqa joylasa 2-stadiyasi,
Kun davomida kamida 6 marta o'zini sur'atga olib, kuni bilan tarmoqdagi rasmini yangilasa 3-stadiyasida ekanligini tassdiqlashdi.
Bu gaplarni o'qish davomida o'zingizni qaysi stadiyada ekanligingiz haqida o'ylagan bo'lsangiz kerak. Hozirgi paytda ko'pchilik odamlar mana shu stadiyaning 2-bosqichida yashashmoqda. Qaysi yoshda bo'lishidan qat'iy nazar. Bu kasallik nafaqat yosh balki inson mavqeini ham tanlamaydi, yulduzlar, siyosatchilar, olimlar, hatto uy bekalari va voyaga yetmagan o'quvchilarni ham qamrab olgan. Hammadan boshqacha holatda, hech kimga o'xshamagan, o'ziga hos manzarada sur'atga tushishga harakat qilishadi. Bunday olib qaralganda butun dunyo selfi virusi bilan zararlanganday.
"Selfi" kasalligiga chalinish qo'qinchlimi
Har doimgidek fanda bo'ladigani kabi qarshi fikrlar bilan Amerikalik olimlar o'zlarining nazariyasi bilan chiqishdi. Psixoterapevt Mark Sandomirskiy selfiga o'rganib qolishni o'yin yoki narkomaniyaga tobe' bo'lish bilan taqqoslash noto'g'ri ekanligini aytdi. "Selfi - bu kasallikning sababi emas, shunchaki tashqi ko'rinishi" deya izoh berdi. Ba'zida psixologlar bu kabi fotoavtoportretni millatchilik yoki o'zini sevish kasalligi kabi deb hisoblashadi. Agar u rasmni ommaga ko'rsatishni boshlasa unda ushbu holat boshqa eksgibisionizm hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa bu holatni ijtimoiy mediaviy millatchilik va virtualniy eksgibisionizm kabi terminlar bilan atashmoqda.
Psixologlarning fikri qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligi aniq emas. Chunki har bir inson o'ziga hos o'zgaruvchan shaxsdir.
Selfimaniyadan davolanish
Lekin agar sizda Selfiga tobe' bo'lib qolish alomatlari paydo bo'la boshlasa avval boshdanoq bu odatni tark etganingiz ma'qul. Psixologlar telelfonni axlatga otish terapiyasini taklif etadi. Lekin bu ashaddiy "selfi"chini to'xtata oladimi?
Shuning uchun psixoterapevtlar buning bosqichlangan da'vo usulini o'ylab topishdi. Avvaliga bemor o'zini rasmga olishi mumkin, lekin ijtimoiy tarmoqqa joylamaydi. Keyingi bosqichida o'zini rasmga oladi va darrov o'chiradi. Va ohirgi davolash bosqichida esa oynaga qaraydi va o'zini oynadagi aksini yoqtiradi. Ko'pchilik psixotoapevtlar ushbu usulni sinab ko'rib samara berishini takidlaydillar.
Bugungi kunda odamlar selfi uchun shu darajaga kelib qolishdiki halokat paytida ham, o'lim bilan olishayotgan odam bilan ham (unga yordam berish o'rniga), shaxsiy hayotini ochiqdan ochiq ko'rsatishga ham va hatto hayotini xavf ostiga qo'yib bo'lsa ham selfi qilish bilan ovvora.
Agar ushbu mavzu sizni qiziqtirgan bo'lsa quyidagi rasmlardan tashkil topgan postlarni ko'rishingizni tavsiya etaman.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022