Kategoriya: Hikoyalar
Shunchaki
Shunchaki...
Shaxsiy manfaatlarsiz nima qoldi?
Yaxshilik qilamiz, yaxshilik qaytishi uchun. Do‘st bo‘lamiz, biron foyda ko‘zlab. Shirin so‘zlaymiz, ishimiz bitishi uchun. Hatto oila quramiz, shaxsiy manfaat yo‘lida.
Ko‘chadagi tilanchiga odatdagidan o‘n barobar ko‘p pul bersang. Tilanchi hayron. Savol bersa: Nima uchun? Shunchaki, desang!
Bir insonni inson bo‘lgani uchun yaxshi ko‘rsang. - Men sizni yaxshi ko‘raman, desang. U hayron. savol bersa: Nima uchun? Shunchaki, desang!
Yoringga faqat yoring bo‘lgani uchun emas.. sovg‘alar bersang, shirin so‘zlasang. Yoring hayron. Savol bersa: Nima uchun? Shunchaki, desang!
Bir insonni uchratsang. Hech vaqosiz, gadoy sifat. - Men siz bilan do‘st bo‘lmoqchiman, desang. U hayron. Savol bersa: Nima uchun? Shunchaki, desang!
Hech qanday manfaatlarsiz shunchaki yaxshi ko‘rish mumkinku!
Shunchaki yaxshilik qilish mumkinku!
Shunchaki do‘st bo‘lish mumkinku!
Men insonman, siz insonsiz, u inson, anavi la'nati yomon bo‘lsada, u ham odam. Keling, bir-birimizni yaxshi ko‘ramiz, bir-birimizga yaxshilik qilamiz, bir-birimizga mehr ulashamiz. Nima uchun deysizmi?
Shunchaki!...
© Oqil To‘raqul
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022