Kategoriya: Hikoyalar
Shunday insonlarga havas qilaman
Yaxshi o‘qituvchiga: U shunday o‘qituvchiki, o‘quvchilarini o‘z farzandiday yaxshi ko‘radigan, o‘quvchilari ham o‘z onasiday yaxshi ko‘radigan...
Yaxshi shifokor: U shunday shifokorki, bemorlarga o‘zining eng yaqin tug‘ishgan jigariga qaraganday davolab, muolaja qiladigan...
IIB xodimiga: U shunday xodimki, Vatan-millat, yurt tinchligi uchun jonini fido qilishga tayyor...
Yozuvchi-adibga: Bu adibning yozgan asarini tahminan ikki yil avval mazza qilib o‘qiganman, shu kunlarda o‘qib yana mazza qildim, ikki-uch yildan keyin o‘qisam, aminmanki yana mazza qilib o‘qiyman.
Sahiy boyga: U shunday insonki, xaqiqiy muhtojga yordam berib, bu xaqda eng yaqin insoniga ham aytmaydigan...
O‘spirin, yosh yigitlarga: U shunday yigitlarki, oldiga aniq bir maqsad qo‘ygan, deyarli bo‘sh vaqti yo‘q. Bir kun qo‘shimcha darsga, yana bir kun sportga yoki xunarga boradigan...
Birovni xaqiga xiyonat qilmaydigan, yaxshi insonlarga HAVAS QILAMAN.
Havas qiladigan insonlarimiz ko‘payaversin!
Latif Xamedov
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022