Kategoriya: Maqolalar
Sovet ta'limining bolalar psixologiyasidagi jarohatlari
Hech kimga sir emaski, sovet ta'limi hozirgi ta'limdan juda farq qiladi. Albatta, ko'plab ijobiy fikrlarni eslash mumkin, ammo umuman olganda, ota-onalar va o'qituvchilar ancha qattiqqo'lroq edilar. Ba'zan shu qadar ediki, ushbu usullar bilan tarbiyalangan odamlar butun umri davomida komplekslar va psixotravmalardan xalos bo'lishga harakat qilishadi.
Sovet tarbiyasi
Muallifdan:
Singlim psixolog bo'lib ishlaydi. U o'z ish tajribasi haqida ko'p gapirmaydi - buni oshkor qilish mumkin emas. Ammo ba'zida u o'z kuzatuvlarini baham ko'radi. Shunday qilib, SSSRda tarbiyalangan odamlar biroz keyinroq juda bir-biriga o'xshash shikoyatlar va psixotravmalar bilan kelishadi. O'z-o'zini hurmat qilishdan tortib, odamlar bilan munosabatlarni o'rnatishga qodir emaslikgacha. Shaxsiyatimizning ko'p jihatlari bolalik davrida shakllanadi, shuning uchun tarbiya asosiy rol o'ynaydi.
SSSR davrida nafaqat ota-ona, balki davlat ham tarbiyalagan. Singlimning so'zlariga ko'ra, quyidagi holatlar o'sha paytdagi bolalar uchun juda jarohatli bo'lgan.
Uyat bilan tarbiyalash
Afsuski, ota-onalarning asosiy tarbiya usullaridan biri uyattirish edi. Ushbu usul ota-onalar va o'qituvchilar tomonidan qo'llanilgan. Siz jiddiy qonunbuzarliklardan uyaltirilsangiz maylikuya, lekin bu usul ko'p hollarda qo'llanilgan.
Esimda, men ikkinchi yoki uchinchi sinfda bo'lganimda, birinchi o'qituvchim bu usuldan foydalangan. U o'qish texnikasi yomon bo'lgan o'quvchilarni bir safga tergan. So'ng butun sinfga qarab shunday dedi: "mana, qarang, ular o'qishni bilishmaydi". Men o'sha o'quvchilar qatoriga kirmaganimdan baxtiyorman. Ammo mening bolalikdagi do'stim hali ham bu dahshatli tajribani eslaydi.
Tasavvur qiling-a, hamma odamlar oldida uyaltirsa bola o'zini qanday himoyasiz va kamsitilgan his qiladi. Lekin o'sha davr tushunchasiga ko'ra bu normal va hatto foydali deb hisoblangan. Aslida, yoqimsiz hissiyotlar ta'siri ostida bolaning kognitiv fikrlash jarayonlari o'chiriladi, shunda u bundan hech qanday saboq olmaydi. Va u jarohat oladi. Bunday texnikalar tufayli bolalar boshqalardan ko'ra yomonroq ekanliklarini va jamiyatda ularga o'rin yo'qligini his qilishadi.
Ota-onamdan men bunday iboralarni tez-tez eshitardim: "Odamlar nima deyishadi? yoki "Odamlar ustimizdan kulishadi". Hali ham men komplekslarni yengishga, boshqalarning fikriga tobe bo'lmaslikni va mustaqil qaror qabul qilishdan qo'rqmaslikni o'rganishga harakat qilaman.
Kaltak va psixologik bosim bilan tarbiyalash
Bolani kamar bilan urish keng ko'lamda samarali tarbiya chorasi hisoblangan. Faqat kamarlar emas, balki qo'l ostidagi hamma narsa ishlatilgan.
Agar SSSRning barcha bolalari jismoniy jazoni to'liq tatib ko'rmagan bo'lsada, psixologik bosim hamma joyda mavjud edi. Bolalarning miyyasiga "Men xohlamayman "so'zi yo'q," kerak "so'zi bor" degan tamoyil singdirilgan. Ota-onalar oldidagi burch, Vatan oldidagi burch va boshqa burchlar mavjud edi. Va keyin bu bolalar ulg'ayib, o'zlari uchun emas, balki kimdir uchun yashay boshladilar. O'zlari aslida xohlamagan narsani qilishni o'rganishdi va xozirgacha shug'ullanib kelishadi. Kerakmi, kerak.
Yana bir bosim: "Ovqatni yemaguningcha stoldan turmaysan"! Men uni juda yaxshi eslayman. Bolalar bog'chasidagi ba'zi ovqatlarning hididanoq ko'ngil aynish boshlardi. Bir necha o'n yillardan keyin ham shunga o'zshash hidni sezsam ko'ngil aynish hissi qaytadi. Ular mazasiz bo'lgani uchun emas, u ovqatni yeyishga majbur qilinganligi uchun. Hatto ovqat reflekslariga ham e'tibor berilmagan. Esimda kashani ko'z yoshlari bilan qo'shib yeganlarim. Va hech kim bolaning xohish — istaklariga ahamiyat bermagan. U majbur. Bu uning kun tartibi.
Bolani boshqalar bilan taqqoslash
"Qara palonchi qanaqa chiroyli yozadi, seniki esa tovuqni oyg'ida yozilan" - sovet davridagi yana bir ta'lim-tarbiya usuli. Har bir qadamda, har xil holatda doimo taqqoslashtirilgan. Buni ko'rgan bola, o'shalar qanday qilayotgan bo'lsa huddi o'shalardek qilishga harakat qilgan. Chunki buni kattalar aytgan. Nima to'g'ri nima noto'g'riligini kattalar biladi degan idealogiya bilan. Katta bo'lgach o'z-o'zidan rekleks holatida o'zingni boshqalar bilan solishtirish xarakteri, seni normal yashashga qo'ymaydi. Doim o'zingni kovlaysan, ayblaysan. Bishqalar sendan ko'ra aqlliroq, chiroyliroq, omadliroq deb hisoblab yashaysan. Bu esa o'zingga bo'lgan ishonchni yo'qotish, motivatsiyaning yo'qligi, o'zingga xos o'zligingni topa olmasligingga olib boradi. Mana sovet tarbiyasining natijasi.
Emotsional aloqa yo'qligi
Bolalar sog'lom munosabat emas balki aniq tizimlangan munosabatlarni boshdan kechirishgan. Masalan maktabdan 5 olib kelsa ota-onasi uni maqtagan, agar 2 olib kelsa yoki tartibsizlik qilgan bo'lsa burchakka turgan. Ko'ngildan suhbat qurib, muammoni sababbini aniqlab birgalikda hal etishga imkon bo'lmagan.
Ota-onalar tirikchilik bilan band bo'lishgan. Ota-onalar bilan juda tartib intizomli munosabat bo'lgan. Ular hatto boshqacha bo'lishi mumkinligini ham bilishmagan.
Albatta bu gaplarga "Yolg'on, bo'lmagan gap. Sovet davridagi tarbiya to'g'ri bo'lgan. U paytda hamma yaxshi odam bo'lgan" deydiganlar ham topiladi. Lekin sovet davrida yashaganlar aynan yuqorida jarohatlarni o'zida aks ettirib, o'zining xarakter xususiyatlari qiyinchiliklari, yuqorida yozilgan psixologik shikoyatlar bilan yashaydi. Aytingchi bu ham tasodifmi?
Bu maqola sovet davrini yomon bo'lganligi isbotlash uchun emas. Bu shunchaki xatolarni eslash va ularni takorlamaslik, to'g'ri xulosa chiqarib yaxshiroq bo'lishligi uchun yozildi. Har qaysi davrning o'ziga yarasha yaxshi va yomon tomonlari mavjud. Yaxshilarini saqlab, kerakligini olib olish faqat yaxshilikka. Tan olish kerakki har bir davr odamlarining o'ziga yarasha muammolari va jarohatlari bor.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022