Kategoriya: Kategoriyasiz

Sultonali Rahmatov taronalari (audio)


Sulton Ali Rahmatov-Iste‘dodli bastakor Toshkentda tug‘ilgan. Bolaligidan musiqaga qiziqqan Sulton Ali O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasida tahsil olgan. Sulton Ali nafislik, g‘amg‘inlik va ulug‘vorlik uyg‘unlashgantabiat go‘zalliklaridan ilhomlanib yaratganl sokin musiqalarni yaratadi. Uni elga tanitgan dastlabki musiqasi "O‘zbekiston" bo‘lgan.  Ushbu musiqa 1994 yildan 2005 yilgacha O‘zbekiston telekanalining "Assalom O‘zbekiston" axborot-musiqiy dasturining boshlanish musiqasi sifatida har tong xonadonlarga kirib borgan, mamlakatdagi ko‘plab bayram tantanalari ushbu musiqa bilan boshlangan. Sulton Alining "Ikkinchi simfoniya", "Mening O‘zbekistonim", "Sehrli tun", "Unutilgan kuy", "Yolg‘izlik", "Taqdir", "Kun va tun", "Bolalik", "Qalb nidosi", "Sirli dunyo", "Tango" kabi o‘nlab musiqalarini nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlarida sevib eshitishadi.  Sulton Ali Rahmatovning ilk yakkaxon kontserti 2006 yil Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan. 2007 yilda Samarqanddagi Registon maydonida kontsert qo‘ygan.2010 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan.

Ma'lumot BBC.com dan olindi.


Assalom O'zbekiston

Reklama
Reklama