Kategoriya: Sinf soati
Suv-hayot manbai. Sinf soati dars ishlanmasi
Sana: 25-mavzu: Suv-hayot manbai
Mashg’ulotning maqsadi:
O`quvchilarga tabiat mo`jizalari, suv bebaho ne’mat ekanligi haqida tushuncha berish.
Tabiatga mehr berish ruhida tarbiyalash, suvni tejab sarflashga o`rgatish. O`quvchilarning tabiat haqida, ichimlik suvi va daryo suvlarini farqlash malakalarini rivojlantirish. Vatanga, tabiatga muhabbat tuyg`ularini mustahkamlash
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.
Kun shiori: Suvsiz hayot yo’q !
Metod: Suhbat, tushuntirish, tarmoqlash ,„Ha-yo`q“ o`yini, „Aqliy hujum“ metodi.
Jihoz: Darslik, rangli rasmlar,tarqatmalar, ko`rgazmali qurollar, boshqotirma.
1. Tashkiliy qism :
O`quvchilarni darsga tayyorlash navbatchi axboroti. Vatan, yilimiz, fasl haqida Suhbat
O`qituvchi: Bizning vatanimiz qayer?
O`quvchilar: O`zbekiston.
O`qituvchi: O`lkamizda hozir qaysi fasl?
O`quvchilar: Bahor
O`qituvchi: Bahor fasliga qaysi oylar kiradi?
O`quvchilar: Mart, aprel, may
O`qituvchi: Mart oyida qaysi bayramlarni nishonlaymiz?
O`quvchilar: 8 – mart, Navro`z bayramlarini nishonlaymiz
Bizni o'rab turgan tevarak olam tabiat deb ataladi. Tabiatni asrash bizning burchimizdir.Mehribon tabiatBolalar, ona tabiat bizga qanchalik mehribon ekanligini bilasizmi?Bahorda u gullarga burkanadi, atrof ko'm-ko'k bo'lib yashnaydi. Yozda so'lim bog'lar va tog' yonbag'irlarida maza qilib dam olamiz. Kuzda shirin-shakar meva va sabzavotlarni yeb, kuchga to'lamiz. Qishda qorbo'ron o'ynab chiniqamiz.Suv, o'simlik va daraxtlar haqiqiy tabiat mo'jizalaridir. Ular biz nafas olayotgan havoni tozalab, salqin qilib beradi. Shovqin va mikroblarni yutib, inson va jonivorlar salomatligini himoya qiladi.)Toza suv chanqoqni qondiradi, barcha jonzotlarga hayot bag'ishlaydi. So'nggi yillarda sayyoramizda toza suv miqdori kamayib bormoqda. Unutmang, suvni tejab sarflash barchamizning burchimiz.
Mashg’ulotni yakunlash:”KLASTER” TARMOQLASH METODI
1. Qanday tabiat mo'jizalarini bilasiz?2. Suv, o'simlik va daraxtlar insonlarga qanday foyda keltiradi?3. Nima uchun suvni tejash zarur?4. ”Suv” haqida she’r aytingFaol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi
26-mavzu: Mehnat –mehnatning tagi rohat
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
Mehnat haqida tushuncha berish.Hunar moddiy va ma`naviy boylik ekanligi,hunarli kishi hayotda hech qachon xor bo`lmasligi haqida tushuncha berish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.
Kun shiori: Mehnat-insonning obro’sini ohiradi !
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:
mehnat qurollari aks etgan rasmlar,plakatlar,mehnat darsida foydalaniladigan texnika vositalari
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi
II.Asosiy qism:
Qadim o`tgan zamonda Mirak ismli Dog`istonlik shahzoda bo`lib.uning boyligini hisobiga yetib bo`lmas ekan.
Safarlarning birida dengizda kuchli shamol uyg`onib,shahzoda kelayotgan kema ag`darilib ketibdi. Ko`pchilik yurtdoshlari halok bo`libdi. Mirakni oqim qirg`oqqa chiqarib tashlabdi.
U o`z vatanidan ayrilib,boshqa mamlakatga kelib qolibdi. Yonida na puli, na boshpanasi,yeyishga hech narsasi yo`q edi. Tilanchilik qilib ovqat yeyishga oriyati, shahzodalik g`ururi yo`l qo`ymabdi.
U bolalikda birga o`sgan do`sti Saidni eslabdi. Saidning otasi duradgor-usta bo`lib,eshik, rom yasab sotib kun kechirishardi. Mirak bo`sh vaqtlarida otasidan yashirincha do`stiga yordam berib turar, shu tariqa eshik, rom yasash san`atidan xabari bor edi.
Shahzoda Mirak shahardagi duradgorlardan biriga shogird tushdi, eshik, rom yasab,sotib kun kechirdi.Vataniga qaytish uchun mablag` to`pladi.
Yurtiga qaytib kelgach,otasiga ya`ni podshohga boshidan kechirgan sarguzashtlarni aytib beribdi.Podshoh farzandining hunarmand bo`lib o`z yurtiga qaytganidan quvonibdi.U shahzoda Mirakni podshilikdagi eng go`zal,dono va oqila qizga o`ylantiribdi.
Podshoh vafotidan oldin Mirakni o`rniga podshoh etib tayinlabdi.U o`g`liga shunday deb vasiyat qilibdi:
-O`g`lim seni o`rnimga podshoh bo`lishinga va ona yurtingga qaytishinga sabab bo`lgan hunaringni farzandlaringga ham o`rgatishingni xohlayman.Chunki,har qanday hunar, bo`lajak yurt egasini barcha muammolarning yechimini topishga yordam beradi.
Otasining vasiyatiga ko`ra podshoh Mirak, farzandlarining xohishlariga ko`ra hunarmand ustozlar maktablariga o`qishga beradi.Shahzodalar ham ota kasbini zo`r qiziqish bilan o`rganib,xalqqa manzur bo`lib,murod-maqsadlariga yetishibdi.
Qissadan-hissa shuki:
inson hayotini bezaydigan ,unga baxt-saodat keltiradigan boylik, faravonlik basxh etadigan yagona narsa bu-mehnatdir. Insonlar halol mehnatlari orqali obro` orttiradilar va o`zlarining baxtli kelajaklarini yaratadilar.Bobomiz Bahovuddin Naqshbandning “Ko`ngling Ollohda, qo`ling mehnatda bo`lsin” degan hikmatli so`zlarida ulkan ma` bor.
-“Mehnat bilan yashab, o`z hayotini mehnat bilan yashnatib kelayotgan odamlarni hurmat qilish, ularni boshga ko`tarish, hordiqlarini, huzur-halovatini
o`ylash odamiylikning muhim shartlaridan biridir”.
III.Yakuniy qism:
4-topshiriq
Hunar va mehnat haqida qanday maqollarni bilasiz?
-Hunaring bo`lsa qo`lingda, non topilar yo`lingda.
-Urinchoqlik, hojatbarorlik – yaxshi fazilat.
-Mehnatni sevish , g`ayrat va matonat bilan ishlash lozim. Bunda uchta shirin meva bor: tan salomatligi; ko`ngil rohati; obro`ning ortishi;
-Mehnatni salomatlikning kaliti deb bil.
1.Inson hayotda nimani yo`qotishdan qo`rqmasligi mumkin?
2.Inson nima uchun tinib bilmay mehnat qiladi?
Aqliy hujum orqali o`quvchilar bilimini tekshirish:
Kasb-hunarning yomoni bo`lmaydi. Mehnat insonni ulug`laydi.Mehnatni sevish,g`ayrat va matonat bilan ishlash lozim.
O`qituvchi o`quvchilardan olingan fikrlarni xulosalaydi.Urinchoqlik,hojatbarorlik yaxshi fazilat. Mehnatni salomatlikning kaliti deb bilgan insonlargina baxtli hayot kechirishadi,deb mashg`ulotga yakun yasaydi.
Dars yakunida o`quvchilar fikri umumlashtirilib, rag`batlantiriladi.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022