Kategoriya: Foydali kinolar

Taʼlim tizimi kamchiliklari haqida motivatsion va kayfiyatni koʻtaradigan film


Hindlarning “Uch savdoyi” filmini koʻpchilik koʻrgan boʻlsa kerak. Zoʻr motivatsion va kayfiyat koʻtaradigan film.

Unda taʼlim tizimi kamchiliklari, oʻzi umuman insonlarning taʼlimga, ilmga boʻlgan notoʻgʻri qarashlari ajoyib tarzda tasvirlangan. Yaʼni bir qolipga tushib qolmaslik, hammadan oʻzgacha fikrlashga harakat qilish va bundan uyalmaslik, ota-onalar oʻz farzandlarining qiziqishlarini inobatga olishi kerakligi, taʼlim tizimi robotga oʻxshagan ijrochilarni emas, balki eng avvalo erkin fikrlovchi tashabbuskorlarni tayyorlashi lozimligi haqida.

Ayniqsa filmda menga eng yoqqan joyi — bu diplom uchun emas, bilim uchun oʻqish kerakligi haqidagi qismi. Azbaroyi ilm olish maqsadida oʻzganing nomidan oʻqishga rozi boʻlgan Pxunshuk Vangdu oxir-oqibat eng mashhur ixtirochiga aylanadi. Chunki diplomsiz bilim bilimsiz diplomdan 100 chandon qiymatliroq. Bugungi kunda bu yanada oʻz isbotini topmoqda.


Hurmatli yoshlar, ilm oling! Kitob oʻqing, dunyoqarashingizni kengaytiring. Diplom uchun oʻqishga kelib-ketadigan koʻzboʻyamachilardan boʻlmang.


Manba:

@ xushnudbek

Uch savdoyi hind filmi. O'zbek tilida.

Video Youtube tarmog'idan joylashtirilgan.


Reklama
Reklama