Kategoriya: Maqolalar
Taqdiringizdan rozi bo'ling!
TAQDIRINGIZDAN ROZI BO‘LING !
Chunki yaxshi o‘ylab ko‘rsangiz, nima bo‘lgan bo‘lsa ham, hammasi yaxshilikka bo‘lgan.
M a s a l a n:
Qiyin kunlar berildi – sabr qilishni o‘rgandingiz...
Dard keldi – hamdardlikni o‘rgandingiz...
Sitamlar keldi - bardoshingizni tarbiyaladingiz...
Yomonlar atrofingizda bisyor bo‘ldi, imoningiz charxlandi...
Toshbag‘irlarga ro‘baro‘ bo‘lib - mehr berishni o‘rgandingiz...
Kasal bo‘lib - sog‘liqni qadrini bildingiz...
Musofir bo‘lib - yurtingizni va yaqinlaringizni sog‘inishni o‘rgandingiz...
Yoshlikda uqimay - ulg‘aygach ilmni qadrini o‘rgandingiz...
Faqat sizdan iltimos:
Yetim bo‘lmasdan ota - onani, qarilik kelishidan oldin yoshlikni, kasal bo‘lishdan oldin sog‘likni qadrlashni va umr tugamasdan har lahzangizni qadriga ertaroq yetishga xarakat qiling!!! Chunki bularni qadrini bilganingizda kech bӯladi...
#telegrammdan
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
8-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022