Kategoriya: Adabiyot

Tenglik haqida o'zbek xalq maqollari


Teng tengi bilan,

Keli sopi bilan.


Teng tengi bilan,

Tezak qopi bilan.


Teng tengi bilan,

To'n yengi bilan.


Tengini topsang, tekin ber.


O'xshatmaguncha uchratmas.


Atlas yamog'i — atlasga,

Shol yamog'i — sholga.

Besh qo'l barobar emas.


Yog' yoqqa tomar,

Moshobaga jiz ham yo'q.


Zamoni boshqaning amali boshqa.


Ikki tentak bir bo'lsa,

Sog' odamday gaplashar.


Ilon tilini ilon tushunar.


Ipni ipga qo'sh,

Tengini — tengiga.


Yo'ling bilib, yo'ldosh qil,

Tenging bilib, tengdosh qil.


Kapasiga yarasha qirmovi,

Eshagiga yarasha tushovi.


Kar karni bilar,

Zo'r — zo'rni.


Kishi bilan kishi teng emas.


Kuchuk tom tepasiga chiqsa ham,

Egasidan katta bo'lmas.


Ko'r ko'r bilan qorong'ida topishar.


Oy bilan kunday bo'l,

Hammaga birday bo'l.


Olma olmadan rang olar.


Ot tepkisini ot ko'tarar.


Otang — bozor, onang — bozor.


Och bilan to'qning na ishi bor.


Savolga — javob, salomga — alik.


Sizdan ugina,

Bizdan bugina.


So'k oshiga — surnay,

Un oshiga — karnay.


Tomdan tarasha tushdi,

Bo'yimga yarasha tushdi.


Chigal soqolga temir taroq.


O'roqchining ming urgani —

Boltachining bir urgani.


Qush tilini qush bilar.

Reklama
Reklama