Kategoriya: Salomatlik
Tish og'rig'i
Tish og’rig’i og’riqlarning eng kuchlisi hisoblanadi. Ko’pchiligimiz darrov kuchli og’riq qoldiruvchi dorilar ichamiz. Bir qancha vaqt o‘tgach oshqozonimiz og’riganini, dorilar allergiya berganini sezamiz. Bolalarimizning tishlari o’g’rimasligi, tez kasallanmasligi uchun tug’ilganidan boshlab shifokor ko’rsatmasiga binoan kalsiyni ichkizish kerak. Tish chiqadigan paytda soskani kamroq berish kerak. Soska tishlarni qing’ir chiqib qolishiga sabab bo’ladi. Bolalik davridanoq gazli suvlarni, Shokolad, konfet, chupa-chup, xo’roz qand, uksusli bozorni salatlari, tuzlamalarni, zvachkalarni qat’iy kamaytirish kerak. Talab bo’ladigan shakar miqdorini shakar choy(normada), qiyom, sok, pishiriqlar(oz miqdorda), pechenye, gematogenlar bilan ham qoplash mumkin. Bolalarning sut tishlari to’g’ri chiqishlari uchun tillarini tishi chiqayotgan joyiga tekkizmasligini aytish kerak. Organizmida kalsiy yetarli bo’lishiga e’tibor berish zarur, buni tuman labaratoriyasida ham tekshirsa bo’ladi. Bolani tishi o’g’risa og’riq qoldiruvchi dorini doktordan so’rash kerak, hech bo’lmaganda 03-shoshilinch tez tibbiy yordamga telefon qilib so’rashni unutmang.
Tish og’rig’i ko’pincha shamollashdan kelib chiqadi. Shuning uchun issiq o’rab olish foyda beradi. Yallig’langanida issiq qilish yiringga olib kelishi mumkin. Ammo yiring bo’lsa(ildizining uchida bo’lsa bilmasligingiz mumkin) BIRDANIGA ISSIQ QILISH MUMKIN EMAS. Shuning uchun albatta vrach ruxsati bilan.
Oyoqni vanna qilish-vrach ko’rsatmasiga binoan haftada bir marotaba, qaynab sovigan suvga oyoqni kuymaydagan ammo issiqligida solish kerak. Suvga romashka, isiriq, atirgul yaprog’i, pishevoy soda solib qilinsa yanada foydali bo’ladi.
Og’izni chayish-1-usul: qaynab sovigan 200 gr (misol:kata piyola) iliq suvga 1 osh qoshiq tuz solib; 2-usul: 200gr qaynab sovigan suvga 0,5 choy qoshiq pishevoy soda solib; 3-usul:200 gr qaynab sovigan suvga 4 dan bir qism furatsilin tabletkasini eritib; 4-usul:romashka damlamasi 200 gr suvga 2 ta paket yoki 1 choq qoshiq damlab, suzib olingan suvi bilan. Shamollashga qarshi, yallig’lanishni oldini oladi, milklarni davolaydi…
Quloqqa paxta tiqib olish kata foyda beradi. Qaysi tomoni o’griyotgan bo’lsa o’sha tomonga iloji bo’lsa ikkalasiga ham.
Sochiqni isitib (qaynoq suvi bor idishning cheiga tekkizib, dazmolga tekkizib yoki boshqa) bosish. Yiringlamaganni yiringlatib, yiringlaganni yomon holga solib qo’yishi mumkin. Ehtiyot bo’ling. Ayniqsa bolalarning terisi juda nozik tez kuyib qolishi mumkin. Kaftni orqa qismi yoki chig’anoq issiqni yaxshi sezadi.
Bilakka chesnok qo’yib. 1 donasi(qism)ni to’grab, dokaning orasiga olib, boylab olinadi. Agar chap tomondagi tish og’risa o’ng bilakka yoki aksincha. O’zim sinab ko’rganda foyda bergan. Ammo uzoq vaqt qolib ketganda teri kuyib, bir necha yil davomida dog’i ketmagan. Bolalarga tavsiya qilmayman, kattalar ham 2 soatdan ortiq ushlab turmasligi kerak.
Antibiotiklar-zarur bo’lsa shifokor aytadi. Ko’pincha shamollagan tishga antibiotiklar ichganda shamollash yo’qolib, tish o’grimay qoladi. Davolash davomida ham og’riq sezmaydi. Ko’pincha doktorlar kattalarga ampitsilin(1 kunda 1tabletkadan 3 mahal yoki 1 mahal), azitromitsin(yarimta tabletkadan 2 mahal 3 kun), serrata (1 kunda 1 mahal) tavsiya etishadi. Shifokor ko’rsatmasiga qat’iyan rioya qlish kerak. Antibiotiklar qa’bul qilayotganda shifokor rhsati bilan vitaminlar ham ichish kerak(rak, bez, qandli diabed, o’smalar va hokazolar bo’lmasa).
Tish kovagiga dorilar, spirt yoki boshqa narsalarni solib olish juda xavfli. Ochiq kovakka toza paxtani tiqib olinsa yaxshi, ham ovqat qoldiqlari kirmaydi.
Odatda tishlarni 2 mahal yuvishni butun jahon shifokorlari tavsiya etadi, ko'pchiligimiz ertalab ishga borishdan avval yuvamiz, kechasi yuvib yotish eng foydalisidir. Bolalarimizni ham yoshligidan shunga o'rgataylik!
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022