Kategoriya: Hikoyalar

Tokioda ota-ona sotuvga qo‘yilganligi haqidagi e'lon chop qilingan


Tokioda ota-ona sotuvga qo‘yilganligi haqidagi e'lon bir gazetada chop qilingan.


Gazetada:
"Ota va ona sotiladi: Ota 68 yosh, Ona 66. Narxi - 900 yen"


Bu e'lonni o‘qigan har bir inson shok holatiga tushdi. Qanday zamon bo‘ldi! Ota onalar sotilsa! Hukumat qaerga qarayapti! Bu e'lon shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Bu gazeta bir necha kun oldin avtomobil halokatida vafot etgan, ota-onasini dafn qilgan bir yosh oilaning qo‘liga tushib qoldi. Ota- onasiz qolib qayg‘uga tushgan oila uchun bu holat haqida o‘ylash dahshat edi. Shuning uchun ular bu qariyalarni sotib olib, ularga mehribonlik qilishga qaror qilishdi.
Ular e'londa ko‘rsatilgan yerga kelib ajablanishdi. Ularning qarshisida dang‘illama hovli turardi. Ular biz manzilda adashdik degan xulosaga kelishganda, eshik ochildi va ularga yoshi katta bir qariya tabassum qildi.


-Konnichiva! (Salom)
-Qandaydir hatolik bo‘lganga o‘xshaydi.
Ammo e'londa sizning manzilingiz ko‘rsatilgan ekan...


- Hammasi to‘g‘ri, ichkariga kiringlar! - dedi qariya, hayajonlanib...


U mehmonlarga o‘tirib turishini so‘radi va ayolini chaqirgani ketdi.


- Ko‘rdingiz, biz haqiqatda kambag‘al insonlar emasmiz. Ammo bizning me'rosimizni qoldirishimiz uchun farzandlarimiz va yaqinlarimiz yo‘q. Shuning uchun biz e'lon orqali me'rosga nomzod topishga harakat qildik. Biz bu e'longa faqat haqiqiy mehribon insonlar javob berishini bilardik. Ammo to‘g‘risini aytsam, bunday inson topilishiga biroz shubhalanib qolgandik. Sizning bu ishingiz sharafga loyiqdir.
Shuning uchun biz sizlarni ko‘rganimizdan juda hursandmiz! 

 

Internetdan olindi.

Reklama
Reklama