Topishmoqlar


1.Biznikida bir kishi, Og`zida qirqta tishi.
2.Bir barmoqcha bo`yi bor, Qizil baxmal to`ni bor.
3.Bir bo`yning o`n qo`yi bor, Biri bog`liq, to`qqizi yechiq.

4.Bir kosa anor, Hadding bo`lsa barin ol. 

5.Bir kosada ikki ovqat. 

6.Katta kichik besh o`rtoq, To`plansa bo`lar to`qmoq. 

7.Qirq xujrada qizil qizlar. 

8.To`rt oyoqli, temir tuyoqli. 

9.Soyada yotar,

Ming qo`yni boqar.
10.Ikki botir qilichlashar.
11.Qirq ko`ylagi bor,
Bir tugmasi yo`q.
12. Bir kulrang buzog`im bor,
Uydagilar undan bezor.
Bozorga olib borsam,
Topilmaydi xaridor.
13.Bir eshagim bor:
To`rt oyoqli,
To`balasam ham yurmaydi.
14.Bir kosa so`k,
Ertalab qarasam yo`q.
15.Bir ola chilbirim bor,
U tog`dan bu toqqa yetadi.
16.Bir tug`ishgan ikki do`st,
Bo`ylari tizdan,
Qolmaydi bizdan,
Saqlar qor-muzdan.
17.Ikki tog`ning orasida bir tup yong`oq.
18.Bir teshikda hamma olam.
19.Bir uyning ichida to`rt ko`rpacha yoyig`liq turibdi, Eshigi ham yo`q, teshigi ham yo`q,
Mehmon kelsa ochiladi.
20.Og`ilda besh barmoq,
Ishi xas-cho`p to`plamoq.
21.Ming qo`yimni bir chiviq bilan haydadim.

22.Mingta qo`yim sig`adi,
Bir bog` bedam sig`maydi.
23.Ikki toboq,
Orasida qashqaldoq.
24.Bo`yi bir qarich,

Soqoli ikki qarich.

25.O`zi bitta,

Tuxumi to`rtta.

26.Qo`sha ayg`ir haydadim tekis yo`lga, Ikkoviga o`n odam xizmat qilar zo`rg`a-zo`rg`a. 


27.Ustida ikki darcha,

O`rtasida bir kunda.
28.El olmasa, ellik yil yotadi.

29.Ikki og`ayni yashaydi, Bir-birini ko`rmaydi. 

30.Past-pastgina bo`yi bor, Yetti qavat to`ni bor.
31.Ikki yaproq bir tanda, Kezar yozda chamanda.

32.O`zi bitta, qulog`i to`rtta. 

33.Minglab ignani ko`rdim, Teshigi yo`q birida.
34.O`zi bitta, ko`zi mingta.

35.Otasi bor, onasi bor,
O`n ikkita bolasi bor.

                   

Javoblari

                   

1.taroq. 2.qalampir. 3. Uzuk. 4.olov, cho`g`. 5. tuxum. 6.barmoqlar. 7.anor. 8.ot. 9.it. 10.qaychi. 11.piyoz. 12.sichqon. 13.sandiq. 14.yulduz. 15ko`z. 16. etik.17.bodom. 18.quloq. 19.qovun. 20.panshaxa. 21.ustara. 22.chumoli uyasi. 23.toshbaqa. 24.makkajo`xori. 25.do`ppi. 26.dutor. 27.burun. 28.oltin. 29.ko`z. 30.piyoz. 31.kapalak. 32.qozon. 33.tipratikan. 34.angishvona. 35.narvon.

                                   

    

Reklama
Reklama