Kategoriya: Hikoyalar

Turmush qurmay turib turmushdan qo'rqish


Bir ayol aytadi: 
Bolaligimdanoq uy ishlariga qarashardim. Uylarni zavq bilan supursam, onam kelib: 
—Barakalla, qizim. Uy supurishing menga ma'qul. Biroq qaynonangga bu yoqmasligi aniq. Chunki, biroz chala joylari bor, — derdilar. 
Changlarni artsam: "O‘zimiz uchun bo‘laveradi, ammo bir joyga borsang, aniq buning uchun gap eshitasan", — deb aytardilar. 
"Ko‘p kitob o‘qiyverma, — deb koyirdilar goho, — baribir, turmushga chiqsang, bilimdonligingni hech kimga qizig‘i bo‘lmaydi. Ovqating shirin chiqmasa qaynbo‘yinlaring yoqtirmaydi seni, — deb qo‘yardilar. 
—Shu ketishda seni aniq haydab solishadi, muncha beso‘naqay harakatlar qilasan, — deb urishardilar, — bu ahvolda borgan joyingda izzat topmaysan! 
Xullas, hali 18ga kirmasimdan, erimni uyidagilarini yomon ko‘rib bo‘ldim. Hali turmushga chiqmasimdan, qaynonamdan nafratlandim. Hali to‘yim bo‘lmasidan, kimligini o‘zim ham bilmaydigan kuyovim va uning qarindoshlarini xushlamay qo‘ydim...

Reklama
Reklama