Kategoriya: Postlar

Turmush o'rtoqni qanday tanlash kerak


      Insonga ota-ona tanlash imkoniyati berilmaydi. Lekin turmush o'rtoq tanlash imkoniyati beriladi. Har bir odamning o'zining peshonasiga yozgan jifti bo'ladi, faqat uni topa olish, sabr qilib kutish va ushlab qola olishni bilish kerak. Ajralish nimadan kelib chiqadi bilasizmi? Sabablar ko'p. O'ta boshqacha sabablarni hisobga olmasa, ko'p qism mayda chuyda sabablarga asos bo'luvchisi Bu bir-birini tushunmaslik. Ba'zi kinolarda ko'rgandim. O'xshash tomonlarini istashadi. 100% bu narsaga amal qilish kerak emas-kuya, lekin bu tajriba natijasi. Har bir insonning o'zining fikri bor. Undan ham aniqrog'i nimani yoqtirishligida. Hohlasa hohlamasa ba'zi narsalarni yoqtirmaydi. Hech qachon o'ziga singdira olmaydi. Unaqa narsalarga chidab uzoq yashay olmaydi.

   Aynan o'ziga o'xshagan odamni topib ham bo'lmaydi. Bir biriga o'xshash va o'xshamaydigan tomonlarni o'ylab ko'rish kerak. O'xshamaydigan tomonlarini ichida 1 ta bo'lsada, siz uchun juda muhim hislat bo'lsa bu yaxshi emas.

Keyinchalik o'zgartirib olaman demang

   Psixologiyada bir nazariya bor. Ayol kishi o'zgaradi, erkak kishi o'zgarmaydi. Ko'pchilik qizlar erga tekgandan keyin o'zgartirib olaman deydi. To'g'ri bir qarashda shunday ko'rinishi mumkin, tashqi tomondan. Fikrlashi, biror narsa, hodisaga fikri o'zgarishi, siz bilan birga yashashi uchun siz tanlagan yo'ldan birga yurishi mumkin. Lekin bu o'zgargani uchun emas, u ham o'sha narsani o'sha vaqtda to'g'ri yoki shunday qilish kerak bo'lgani uchun qilishi munkin. Lekin o'zgarmaydi.

   Hoh yigit bo'lsin hoh qiz turmush o'rtoqni o'zgartiraman deb emas men unga ko'nika olamanmi deb tanlash kerak. Chunki hamma har xil. Bir xil odam yo'q. Bir-biriga o'rganib, ko'nikish hosil qila olsa yashab ketadi.

   Ko'pchilik qizlar yomon, bezori, kuchiga zo'r beradigan yigitlarni yoqtiradi. Boshida chiroyli muomala qilishi mumkin, qiziqish tugaguncha ya'ni bir birini o'rganib chiqquncha. Lekin o'zgarmaydi, vaqtlar o'tib yana o'sha ishini qiladi. Oilasida ham. Chunki u o'sha, uni o'zi edi, u ozgina o'zgarishi mumkin, lekin butunlay boshqa inson bo'la olmaydi. 

Boylik baxt keltirmaydi

   

       Ba'zilar oilaviy hayotda ham hamma narsani pul hal qiladi deb o'ylaydi. Pul nima uchun kerak odamga biror narsaga erishish uchun. Erishgach esa, his tuyg'ularni ham hohlab qoladi. Soxta emas haqqoniy tuyg'ularni. Insonmiz, to'laqonli bo'lishimiz uchun u ham bu ham kerak bo'ladi. Ammo ikkalasi tengdaniga berilmaydi. Bir kam dunyo deyiladi. Ana shu bir kamlik pulda mes, balki pulga olib bo'lmaydigan, ortga qaytarib bo'lmaydigan narsa bo'lishidan qo'rqmaysizmi?

Kambag'alchilikni ayblamang

    Janjal kamchilikdan kelib chiqadi deb o'ylaydiganlar ham bor. To'g'ri kamchilik sabab bo'lib boshlangan tortishuv janjalga aylanadi, lekin ana shu kamchilikni bartaraf etissgda bir tanu bir jon bo'lmasdan bir niriga mas'uliyatni yuklash, aybdor istash, hal qilishda fikrlari bir joydan chiqmaganliklari uchun bu holat janjalga aylanadi. Kambag'alchilikni odam o'zi hech qachon tilab olmaydi. Taqdirida yozilganmi demak ikkalasiga ham shu kun yozilgan. Harakat albatta qilish kerak, Deylik turmush o'rtog'ingiz harakat qilmayapti, siz esa harakat qilyapsiz. Yo'q oilada kim ishlashi ishlamasligida emas bir aravani ikki tarafga tormasdan bir tarafga bor kuchingiz bilan tortishingiz kerak. Axir ikkangizga ham juda emasku bir maromdagi maqul bo'ladigan fikr bo'ladi, turmushni yurgizish bo'yicha. Balki ba'zi bir oilalarda ayol kishi ishlagani maquldir, ya'ni uni qobiliyati ko'proqdir. Bu holatni yoqlamaymanu lekin nima bo'lganda ham iloji boricha fikr bir joydan chiqqanida hoh kambag'allik, hoh boylikda bo'sin oila saqlanib qoladi.

Go'zallik o'tkinchi

   Go'zallik dunyoni qutqaradi. Lekin oilani emas, chunki u abadiy emas. Go'zallikni aniq parametri qog'ozda bo'lsada, har bir odam ongida boshqacha ya'ni o'zgaruvchan. Vaqt o'tishi bilan boshqa narsani go'zalroq deb biladi. Lekin go'zallik vaqt o'tishi bilan yo'qotib boriladigan narsa. Tashqi go'zallik muhim emas ichki go'zallik muhim demayman. Bu qanchadir ma'noda osponop'ar gaplar. Albatta tashqi ko'rinish ham odamga yoqimli bo'lishi kerak. Odam o'zi yoqtirmagan narsaga bog'lab qo'ysangiz ham chidab turmaydi. Go'zallik tomosha qilishga, termulishga yaxshi. Lekin birga yashash uchun sabab emas. Masalan siz o'zingizna qanday insonligingizni bilasiz. Faqqat ichki dunyoingizni emas, tashqi ko'rinishingizni go'zalligi ucgun ham aharakat qilasiz. Masalan yuvinib, taranib, yomon hidlardan halos bo'lib, toza kiyimlar kiyib, odmi bo'lsada yarashidigan, ahloq oidalarga zid kelmaydigan, ahrqalay o'zingiz chiroyli me'yorda deb bilgan narsalarni kiyasiz. Bo'lajak umr yo'ldoshingiz ham shunday bo'lishi kerak. Bunday odamlar deylik 80 foiz ya'ni ko'pchilik shunday fikrlaydi. 10 foizi e'tibor jalb qilishi uchun juda chiroyli kiyinishga harakat qiladi. 10 foizi esa yoki hayotda asabiy holatdan chiqib keta olmaganidan, yoki nopokligidan, yoki shunday yomon holatni o'ziga singdirib, bo'laveradi deb qabul qilganidan hunukroq tashqi ko'rinishga ega bo'lib yashaydi. Bo'laveradi deb o'ziga singdirgan odam ham o'ziga mosini albatta uchratadi. Siz o'zingizni uning go'zal tuyg'ulari samimiy ichki dunyosi deb tashqi ko'rinishiga ko'zingizni yumib, o'zingizni qurbonlik qilishingiz arzimaydi.

Sevgi abadiy emas.

    Sevgi ilohiy tuyg'u. Bu yaxshi oilani mustahkamlaydi. Umr yo'ldoshining kamchiliklariga ko'z yumib, o'ziga yoqmaydigan narsalarga ko'nikib, kuchli bo'lib yashash uchun kuch beradigan energiya manbai. Turmushning pastu balandliklarida sevgining o'zi yetarli emas. Bir misol farzand tug'ilganidan keyin yana bir tuyg'u paydo bo'ladi. Sevgi bo'linmaydi, o'rnini egallamaydi, kamaymaydi, 1 chi yoki 2 o'ringa ham tushib qolmaydi. Shunchaki yangi tuyg'u paydo bo'ladi. Bu tuyg'u insonni o'zgartirib yuboradi. Ayolda ham erkakda ham. Sevgi qachon paydo bo'ladi? Umr yo'ldoshingizda siz yoqtiradigan, yaxshi ko'radigan, to'g'ri deb hisoblagan hislatni ko'rganingizda paydo bo'ladi. U hislatlar keyinchalik o'zgarishi mumkin. Turmush hayotingiz davomida sevib qolish darajasida bo'lmasada yaxshi deb bilgan hislatlaringiz turmush o'rtog'ingizda mujassam bo'lsa turmush hayotingiz bardavom bo'ladi.

Qaytar dunyo

    Erkak kishi ayol kishini urib bo'lmaydi. Urish ham ilmiy, ham ilohiy tarafdan tarbiya usuli emas. Majburan qilgan bilan ixtioriy qilganning farqi bor. Bilib qo'ying ayol kishi qilaman degan narsasini albatta qiladi.

    Ikkinchi haqiqat ayol kishi erkak kishidan farqli o'laroq hech narsani esdan chiqarmaydi. Turmush o'rtoq degani bu hozir yoki 5-10 yil ichida emas butun umrga degani. Qarib kuchdan qolganda sizga ham o'sha kunni ko'rsatmasligiga kafolat bera olasizmi. To'g'ri urmaydi lekin urgandan betarroq og'riq bera olishi mumkin.

    Insoniyatda bir xislat bor. Nimani taqiqlasang o'sha narsani qilgisi keladi. Ta'qiqlash emas noto'g'ri ekanligini tushuntirishingiz kerak. Hamma aytadigan siyqasi chiqqan gaplar bilan gapirsangiz qulog'iga tanbur chertganday bo'lasiz. Siz o'zingiz noto'g'ri ekanligini qanday tushunasiz, huddi shunday qilib aytib berishingiz kerak o'zingizning misolingizda. 

Baxtli oila siri

    Yangi turmush qurganda har bir inson dunyoda hamma narsadan ko'ra qanday holatni yomon deb biladi, yoki kechira olomaydi, yoki judayam hohlamaydi, birgina o'sh holatni deb keskin qaror qilishingiz mumkin bo'lgan holatni aytib qo'yishingiz zarur. Avval aytmagan bo'lsangiz hozir ham kechmas. Turmush o'rtog'ingiz buni bila turib qildimi, ana o'shanda qaror qilishingiz mumkin. Balki u siz muhim deb bilgan narsani, unchalik muhim emas deb o'ylashi mumkin.

    Turmush qurgandan so'ng 1,5 yilda, 3 yilda, 5 yilda, 7 yilda, va 15-17 yillar o'rtasida qaltis vaziyatlar keladi. Bu ilmiy isbotlangan fakt. O'sha davrdan o'tolganlar yashab ketadi. Ayniqsa 15 yilda krizis bo'ladi. Chunki bir birini qandayligini bilib olishgan, savol bersa qanday javob olishini bilib qoladigan paytga keladi. Qiziqarli yangi narsa deyarli qolmaydi. Shunda ularning o'rtasidagi umumiy fikrlar, umumiy tushunchalar, umumiy xarakter va bir birini to'ldirib turuvchi hislatlar bor bo'lsa, o'sha davrdan o'tib olishsa yaxshi yashab ketadi.Va hattoki oldingidan da yaxshiroq bir-biriga bog'lanib qoladi.

   Turmush davomida umr yo'ldoshimizning hamma hatti harakatlarini yoqlamaymiz, bo'lib turadi, yoqmaydigan noto'g'ri qilgan yoki shunchaki qilmayotganligidan ranjiymiz. Agar o'sh gapni ichingizda saqlab yursangiz u gap ildiz otishni, ko'payishni boshlaydi. Ochiqchasiga gaplashib olish kerak, to'g'ri tushunishga kelishib olib, nega unday deyayotganini uzoqdan olib kelib tushuntirib boshlash kerak. Qani betiga shartta aybini aytib ko'ring-chi. Yo'q aytish bilan aytishning farqi bor. Shuning uchun har bir oila boshdanoq shu usulni qo'llasa va shunga odatlansa reflex uyg'onadi va osonlashadi. Agar unday bo'lmasa ham kech emas. Qanday so'zlarni ishlatsangiz turmush o'rtog'ingiz kundalik gaplarni emas, huddi begona uchincha shaxs kabi sizni qabul qiladi. Shu holatga olib kelgach, tashqaridan qarashni tushuntirolsangiz, hotirjam shoshilmay tushuntirishingiz kerak bo'ladi.

   Oilada biz degan teorani shakllantirish. Biz ya'ni ikkalamiz, bir –birimizga o'xshaymiz, birgalikda bir-birimizni to'ldiramiz, fikrimiz bir joydan chiqadi, birgalikda hal qilamiz, nima bo'lganida ham oqibatini birga ko'ramiz, birgalikda hammani yengamiz, birgalikda hamma qarshi tura olamiz, birgalikda zo'r bo'lib ketamiz, biz hammadan zo'rmiz degan gaplarni turmush hayotda ko'p ishlatish kerak. Kulgili bo'lsada og'izdan shu gaplar chiqishi kerak. Yolg'on bo'lsa ishontirish kerak, ishontirish uchun esa bir oz muddat bo'lsada ishonib, ishonch hosil qilib, rostdan berilib aytish kerak. Bu teoriya shunchaki bardavom oila qurish uchungina emas birgalikda baxtli, mamnun, hursand yashash kaliti bo'ladi.

Reklama
Reklama