Kategoriya: Hikoyalar
Uch ko'za xazina
Yo‘lda menga bir yo‘lovchi hamroh bo‘ldi. Gurung yaxshi-da, dunyoning bu burjidan kirib, narigi burjidan chiqdik. Lekin shuncha gurunglar ichida hamrohimning bitta hikoyasi xotiramga o‘rnashib qoldi. Keling, bu voqeani sizga uning o‘z tilidan so‘zlab beray. Axir, so‘z tildan tilga ko‘chadi, mehr dildan dilga.
«... Otam baquvvat, chayir, g‘ujurli odam edi. Yetmish sakkiz yoshiga dovur otdan tushmadi. Yostiqqa suyanib, yonboshlab yotishni yomon ko‘rar, o‘tirganda soatlab tizzalab o‘tirardi. Qomati yoshiga nisbatan ancha tik edi. Soch-soqoli vaqtida oqarib, yuziga nur bag‘ishlagan. Ha, aytganday, biz tomonlarda soch-soqolning o‘z vaqtida oqarmasligini ayb sanashib, irim qilishadi. Hatto, mo‘ysafndlik davri boshlangandan so‘ng soch-soqolini oqarishi kechikkan odamlarga moshkichiri pishirib yedirishadi.
Otam yaxshi qaridi. Birovlarga o‘xshab yomon qarimadi, o‘zini ko‘r tuyadek har narsaga uradigan xilidan bo‘lmadi. Oqsoqol bo‘ldi. Ha, aytganday, avvaldan otamning burgut qarashi bor edi. Mo‘ysafidligida ham bu qarash shiddatini yo‘qotmadi. Uning burgut qarashi uchib kelayotgan qushni urib qaytarib, oldiga yo‘latmasdi. Tog‘liq odamda, o‘ziyam tog‘day odam edi. Otam yetmish sakkiz yoshida otdan tushdi. Bir maydonda ko‘rpa-to‘shak qildi. Ertasi besh o‘g‘il, uch qizni, besh kelin, uch kuyovni, og‘alari va egachilarini chaqirtirdi. Vazmin, mamnun gurunglar berdi. Kechga borib, yana o‘g‘illarini chaqirdi. Topshiriq bor ekan.
— Bizning safarimiz qaridi, — dedi otam ikki qavat yostiqqa orqa suyab. — Ertan payshanbani oxirlatib, jumaning oldiga chiqsak kerak. Enangiz chaqiryapti. Dushanba kecha tushimga kirdi. Eshik-orani mehmonlarimiz uchun tayyorlang. Olis-yaqindan eshitgan-bilganlarimiz bor, urug‘-aymoq, xesh-aqrabo bizni yo‘qlab kelishadi. Izzatini qiling. Yig‘inganimni katta kelinga berib qo‘yibman. Xarjlang. Qolganiga himmat o‘zingizniki. Ko‘chamizga burilishdagi ko‘prikni tuzatinglar, deb ko‘p aytdim, qilmadinglar. Endi keldi-ketdi mehmonlar ko‘p bo‘ladi, o‘tar-ketarida urinib qolishadimi deyman-da. Mulla Turdi janozamni o‘qimasin. Mulla bo‘lguncha ko‘p sayoq yurgan, qilmagan ishi qolmagan. Ishonib bo‘lmaydi unga. Mulla Fazliddin ma'qul.
"Qizil Olma"da Xo‘jamberdi degan bir chol bor. Qaytish qilganimni eshitsa, fotihaga keladi. Aytinglar, men uni kechirdim. O‘ttiz olti yil burun..., U bir qirchillama yigitning umri o‘tibdi-ya, o‘ttiz olti yil burun oramizdan og‘ir bir gap o‘tgan. Xo‘jamberdi elga begona bo‘lib ketdi. Men ketsam u qaytar. Endi sizlardan bir qattiq so‘rovim bor. Bu ishni ertaga kunning qaytishigacha bajarasizlar. Shu tog‘imizda men bilgan uchta buloq bor. Birovi «Oltin tuyoq»da, birovi «Kesik tosh»da, birovi «Kaklik uchdi»da. Men kuch-quvvatim borida hammangizni bu buloqlarga qayta-qayta olib borganman. Yo‘llarni yaxshi bilasizlar. Shu uch buloqdan menga suv keltirasizlar. Bolalagimdan shu buloqlarning suvini ichib katta bo‘lganman. Otam dunyoga to‘ymayapti deb o‘ylamanglar. Mening shu buloqlarga mehrim tushgan. Ketar chog‘imda uch buloqning ham suvidan bir to‘yay dedim-da... Faqat suvni ko‘zalarda keltiringlar. Suv ko‘zada o‘zgarmay keladi. Xo‘roz qichqirgandan so‘ng yo‘lga tushinglar».
Otam aytadiganini aytdi. Katta akamiz «Oltin tuyoq»qa, kenjamiz «Kaklik uchdi»ga, men «Kesik tosh»ga boradigan bo‘ldik. Saharmardonda uchovimiz uch mashinada uchta buloq tomon ketdik. Buyurilganday, namozshomdan so‘ng uch aka-uka uch tarafdan bir soat orasidagi farq bilan navbatma-navbat otamning huzuriga kirib keldik. Yo‘l uchovimizni ham horitib qo‘ygan edi. Charchoq yuzlarimni salqi torttirgandi. Otam bizni go‘yo olis safardan qaytgan jigarlarini ko‘rganday hayajonlanib kutib oldi. Biz xazina topib qaytgandik. Uch ko‘za to‘la xazina. Uch ko‘za to‘la duru-javohir...
Otam «Oltin tuyoq»dagi «Cho‘mich buloq»dan katta akamiz keltirgan bir piyola suvni ehtiyotkorlik bilan qo‘liga oldi. Ha, juda ehtiyotkorlik bilan... agar bir tomchisi yerga to‘kilsa uvol-a, uvol. Bir tomchisiga bir qoshiq qoningni almashtirsang arziydi-ku. So‘ng otam piyoladagi suvga uzoq tikilib qoldi. Suvni gul hidlaganday hidladi. Kim biladi deysiz, balki u piyoladagi suvda bolaligi, o‘smirligi, yoshligini ko‘rganday bo‘lgandir. Balki shu lahzalarda «Cho‘mich buloq»ning bo‘yiga o‘tirib, tog‘lari, dalalari, eli, o‘tmishi bilan xayrlashayotgandir. Otam piyoladagi suvni ko‘zlarini yumib, shoshmasdan simirdi. U xuddi shu lahzalarda suv emas, balki hayotni simirayotgan edi. Shunday katta hayot bitta piyolada chayqalib turardi. Nihoyat, u suvni ichib bo‘lgach, bir maydon o‘ylanib qoldida, so‘ng butun dunyoga muhim bir sirni oshkor qilayotganday xitob qildi: «Oltin tuyoq... Cho‘mich buloq... Bolaligimning suvi bu. Otam meni yelkasida ko‘tarib, birinchi marta shu buloqqa olib borgan. Tog‘larimizning eng shirin suvi bu».
Navbat men keltirgan ko‘zadagi xazinaga keldi. «Kesik tosh»dagi «Kiyik buloq»dan keltirilgan suv bilan piyola lim-lim to‘ldirildi. Otam o‘z-o‘ziga gapirganday: «Odamning yuragi bir piyolaga joy bo‘lsa kerak», deb qo‘ydi.
Otam piyoladagi suvga ueoq termulib qoldi. Uning ko‘zlaridan milt-milt yosh kelganligini ko‘rdim. U ich-ichidan yig‘lardi. «Kiyik buloq» endi otamning ichidan toshib kelayotgan edi. Uning ko‘zlari qirtog‘ida «Kiyik buloq» qaynayotganda sachragan shaffof tomchilar kabi durlarni ko‘rdim. Otam bu piyoladagi suvni ham
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022