Kategoriya: Hikoyalar
Uch qarich ilm
«Odatda ilm tufayli kibr-havoga berilgan va olgan ilmi bilan faxrlanadigan kishini oz va chala ilmga egaligini ko‘rasan. Chunki u o‘z qadrini bilmaydi va ozroq vaqtda olgan ilmi bilan g‘ururlanib, o‘zini ko‘p narsaga erishgandek his etadi. Ammo ilmga ega bo‘lib borgani sari asta-sekin uning tubiga yetib bo‘lmasligi va oxiriga yetishdan ojiz ekanligini anglaydi. Faqat shu narsa olgan ilmi tufayli kibr-havo qilishdan to‘sadi. Sha'biy aytadi: «Ilm uch qarichdan iborat. Kim uning bir qarichiga yetsa, burni ko‘tariladi va ilmga yetdim, deb o‘ylaydi. Kim ikkinchi qarichiga yetsa, nafsi kichrayadi va hali ilmga yetmaganini tushunadi. Ammo uchinchi qarichiga kelsak, hayhot, unga hech kim hech qachon yetolmaydi».
Men savdo-sotiq xususida bir kitob tasnif qilib, unda boshqa kitoblardan ilojim yetganicha jamladim va shuni deb ko‘p mashaqqat tortdim. Qancha kuch-quvvatim ketdi. Nihoyat, yozgan kitobim sayqallanib, oxirgi nuqtani qo‘ydim. Shu ishimdan ujb - ichki kibrga berilishimga oz qoldi va o‘zimni fiqhni bilishda eng qobiliyatliman, degan fikrga bordim.
Bir kuni majlisda o‘tirganimda ikki a'robiy kelib, mendan o‘zlari sahroda bitim qilgan to‘rt masalani ichiga olgan savdo shartlari xususida so‘rashdi. Men birortasiga ham javob bera olmadim. Xijolatdan boshimni egib, yerga qarab qoldim. «Axir sen bu qavmning boshlig‘i bo‘lsang, nahotki biz so‘ragan savolga javobing bo‘lmasa», deya menga ta'na qilipgdi. Ha, shunday, dedim. «Attang, attang», dedi ikkovi keta turib.
Ilm tahsilida ko‘p shogirdlarimdan ham orqada hisoblangan bir kishining oldiga borib, shu masalalarni so‘rashadi. U savollarga qoniqarli javob beradi. Ikkovi javobdan rozi bo‘lib, ilmiga tahsin aytib qaytishadi. Sarosimaga tushib qiynaldim. Bu narsa menga yetarli pand-nasihat va achchiq saboq bo‘ldi, shu tufayli nafsim jilovi bo‘shashdi, kibr qanoti pasaydi. Yaxshi bajargan ishi tufayli ujbni tark etgan kishi yaxshi ado etolmaydigan ishda mulozamatni tark qilishga haqli. Insonlar bu ikki narsadan qaytarilganlar va Alloh taolodan ularga mubtalo bo‘lishdan panoh so‘rashadi.
Buning ochiqroq bayoni Johizning «Kitob ul bayon»ida Alloh taolodan panoh so‘rab, aytgan so‘zidir: «Ey Allohim, sendan amal fitnasidan panoh so‘ragandek, so‘z fitnasidan ham panoh so‘raymiz. Yaxshi ado etilgan amal tufayli kibrdan panoh so‘ragandek, yaxpsh ado etilmagan amal tufayli takallufdan ham panoh so‘raymiz. Duduqlik va hasar (til tutilishi)dan sendan panoh so‘ragandek, til achchiqligi va vaysaqilik yomonligidan ham sendan panoh so‘raymiz». Biz ham u kabi Alloh taolodan panoh tilaymiz».
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022