Kategoriya: Hikoyalar
Ukamni sotaman
Ukamni sotaman
Yaqindagina bo‘lgan bu voqeani menga yaqinda bir yaqin do‘stimiz so‘zlab berdi.
Voqea Andijon viloyatining Asaka tumanida bo‘lgan.
Bir do‘stimiz bo‘lar edi. Juda abjir, yursa oyog‘idan o‘t chaqnaydigan, ko‘chada o‘z o‘rniga ega bir so‘zli, baquvvat yigit edi. Uni xatto yoshi katta odamlar:
- Bu xatto qarg‘ani og‘zidan yong‘og‘ini tortib olgan deb kulishar edi.
Bunga sabab do‘stimiz xaqiqatdan bolalik paytida ko‘chadagi sim yog‘och ustida yong‘oq chaqayotgan qarg‘ani tosh bilan mo‘ljalga olib, uni cho‘chitib xaydab yuborib, og‘zidagi yong‘og‘ini o‘lja qilib olib, o‘zi chaqib yegan ekan. Buni o‘sha paytda odamlar ko‘rib rosa kulishgan ekan.
Xullas o‘sha do‘stimiz ko‘rinmay qoldi. Keyin eshitsam jigar serrozi bilan og‘rib, to‘shakka mixlanib qolgan ekan. Ko‘rgani bordim. Eshikdan kirishim bilan onasi meni ko‘rib yig‘lab yubordi. Ona bechora endigina o‘g‘lini baxtu kamolini ko‘raman deganda, rosa kuch quvvatga to‘lgan payti, to‘shakka mixlanib qolganidan ezilsa kerakda. Bechora chorasiz qolgan ona menga rosa dardini to‘kib yig‘ladi. O‘ziyam to‘lib ketgan ekan. Uni ustiga do‘stimizni davolatish uchun Xindistonga operatsiya qildirishga olib borishlari kerak ekanini, bunga mablag‘lari yo‘qligi, o‘g‘lining esa kundan kunga so‘lib borayotgani, doktorlar operatsiya qilinmasa nari borsa uch oy yashashi mumkin deyishganini aytib, bechora ona ko‘z yoshlarini to‘kdi.
Keyin ichkariga kirdim. Baquvvat, yursa yerni teshadigan do‘stimdan asar ham qolmabdi. Dard odamni kemiradi degani rost ekan. Ranglari ham bir axvol. Uni ko‘rib yuragim shuv etib ketdi. Jaranglagan ovozi ham past, xorg‘in. Yonib turadigan ko‘zlarida umiddan nishon ko‘rinmaydi. Ham jisman ham ruhan taslim bo‘lgan, uning gap so‘zlaridan so‘ngi kunlarini yashayotgan odamdek xis qildim. Ilgari har suxbatda qiladigan xazillari, kulib turib gapirishlari, biror bir muzokara va muxokamalarda dangal gapirib, qarorida qattiq turib, so‘zining o‘tkirligidan asar ham qolmagan edi.
Unga men u yoq, bu yoqdan gapirib ko‘nglini o‘zimcha ko‘trgandek bo‘ldim. Bu orada uni ikki o‘g‘ilchasi bizni yonimizga o‘ynab kirib qolishdi. Kattasi 4-5 yoshlarda, ukasi esa 2 yoshlar chamasi juda shirin bola edi. Men katta o‘g‘ilchasini har ko‘rganimda u bilan xazil qilib,
- Mana mashinani kaliti ol! O‘rniga ukangni berasan maylimi?- der edim. U bo‘lsa rostdan aytayapti deb o‘ylab
-Yo‘q men ukamni bermayman derdi.
Bu safar ham men unga odatdagidek;
- Mana bolam mana mashinani kaliti ol! O‘rniga ukangni berasan maylimi?- dedim.
U bo‘lsa o‘ylanib turib, kalitni qo‘limdan oldi. Ukasini bo‘lsa meni oldimga olib keldi. Men unga:
- Ie, ukangni menga berib yuborasanmi rostdan ham dedim. U menga tikilib turib:
- Tog‘a, Men ukamni sotmayman. Lekin xozir bizda pul yo‘q ekan. Mashinangizni sotib, dadamni davolataman. Ukam mayli siz bilan yashab turadi. Uni xafa qilmang faqat. Katta bo‘lganimda o‘zim sizga kaptivangiz o‘rniga yangi kaptiva olib beraman. O‘shanda ukamni olib kelib yana birga yashayveramiz. Bizga xozir dadam kerak. Oyim har kuni yig‘lab duo qilyapti. Men ham duo qilyapman dadam tuzalib ketsin deb kalitni maxkam ushlagancha yugurib chiqib ketdi. Men 4-5 yoshli bolaning og‘zidan chiqqan so‘zlarga xayron qoldim. Do‘stimga qarasang qo‘llari bilan ko‘zlarini to‘sib yig‘layotgan ekan. To‘g‘risi o‘zim ham ta'sirlanib ko‘zimdan yosh chiqib ketdi. Do‘stimga nima deyishni bilmay, hamma narsani yechimi bor, ko‘p siqilma, albatta kun kelib hammasi yaxshi bo‘lib ketadi deya oldim xolos. Dunyoda qancha ota qancha farzandlar bor. Lekin aqlini topib, qo‘lida dunyosi mo‘l bo‘lgan aqlsiz farzanlar ham borki, ular shu bolakayning tola sochichalik ham emaslar.
Internetdan olindi
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
8-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022