Kategoriya: Hikoyalar
Umid va ishonch uyg‘oting
Dunyoga mashhur ixtirochi olim Tomas Edison maktabda o‘qib yurgan paytlari o‘ta qoloq o‘quvchi edi. Hamma baholari "2" bo‘lib, oxiri ustozlari uning onasini maktabga chaqirishgandi.
- Sizning bolangizni xech qanday qobiliyati yo‘q. Buning ustiga zehni ham, xotirasi ham past, barcha baholari "ikki". Uni maktabda olib yurishning xech qanday ma'nosi yo‘q. Shu bois o‘g‘lingizni maktabdan chetlashtirish borasida buyruq chiqardik, - deyishibdi.
Bu gaplarni eshitib turgan kichkina Edison onasining quchog‘iga o‘zini otib yig‘lay boshladi.
Voqeaning qolganini Edison shunday xikoya qiladi:
- Men o‘sha kuni ona degan zotning muxabbatini adog‘i yo‘qligiga guvohi bo‘ldim. Onam o‘qituvchilarimga:
«Mening o‘g‘lim o‘qituvchilaridan ham aqilliroq, o‘qituvchilari o‘zlarida yo‘q narsani o‘g‘limga berolmayabdilar holos. Men o‘g‘limni o‘zim o‘qitaman» dedi. Men esa hayotim davomida onajonimning ishonchlarini oqlash uchun tirishib o‘qidim.
Bolangizda uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiring, shundagina uning yetuk inson bo‘lishiga poydevor qo‘yilgan bo‘ladi. Yana zinhor farzandizga: « Ana u bola shu ishni qiladi-ku, sen nega qilolmaysan? » - demang. «Bolam sen ham qila olasan, o‘zinga ishonsang, bu ishlarni undan ham zo‘r uddalaysan» - deng. Shunda farzandlaringizni ruhiyatiga shikast yetkazmagan bo‘lasiz. Kelajakda sizning farzandlaringizdan olimlar, adiblar va ixtirochilar chiqishiga tilakdoshman.
Latif Xamedov
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022