Ustozga hayotiy dars bergan o'quvchi hikoyasi


Kunning oxirgi darsi nihoyasiga yetay deb qolgan. O‘quvchilar tashqariga chiqish uchun narsalarini tayyorlab o‘tirishibdi. Daftar va kitoblar popkalariga solingan. Qo‘ng‘iroq chalinar-chalinmas, tashqari otilishga shay bo‘lib o‘tirishibdi.

Faqat Aligina tashqariga chiqishga shoshilmayotgan edi. Bir oz kechroq qolish uchun qo‘lidan kelgan ishni qilib o‘tirar edi. Nihoyat, qo‘ng‘iroq chalindi. Bolalarning hammasi barobar eshikka yo‘naldilar. Ali esa joyidan turmadi. Shoshmasdan narsalarini yig‘ishtira boshladi. Ko‘z qiri bilan o‘qituvchisini kuzatar edi. Bir tarafdan o‘rtoqlari sinfni bo‘shatishlarini kutar edi. Alining harakatlari o‘qituvchining e'tiborini tortdi. 

-- Ha, Ali. Uyingga ketmaysanmi?

Ali oxirgi o‘quvchi sinfdan chiqqannini ko‘rgandan so‘ng dedi:

-- Ustoz, sizga aytadigan gapim bor edi.

-- Xo‘sh Ali. Gapir, nima gaping bor?

-- Sinfdoshimiz Ahmad bor-ku, ustoz.

-- Ha. Ahmadga nima bo‘pti?

-- Uyda ahvollari yaxshi emas shekilli. Onasi uning popkasiga unchalik yaxshi narsalar solib bermaydi. 

-- Xo‘o‘sh?

-- Unga yordam bermoqchi edim. Lekin, meni yordam berganimni bilsa, hafa bo‘ladi. Har kuni bitta simitga yetadigan pulni har haftada sizga bersam, siz unga berib turasiz, maylimi?

Ali cho‘ntagidan bir hovuch tanga chiqarib stolga qo‘ydi. Nurxon pullarga tegmadi. Kursiga o‘tirib o‘yladi. Ali haqidagi bilgilarini hayolidan o‘tkazdi. Bilishicha, Alining oilasi u qadar o‘ziga to‘q oilalardan emasdi. Bu harakatchan va yoqimtoy o‘quvchisi naqadar go‘zal niyatli va go‘zal tushunchaga ega ekan. O‘zi boy xonadon farzandi bo‘lmasa ham... Oilasi o‘zi haligi ahvolda bo‘lsa ham... Shunga qaramay, o‘rtog‘iga yordam bermoqchi. Uning ustiga yordam etayotganini undan yashirmoqchi bo‘ladi. 

-- Shoshma Ali. Bilishimcha, sizlarning oilaviy ahvolingiz ham u qadar keng emas. To‘g‘rimi?

-- To‘g‘ri, ustoz. Otam kundalik ishda ishlaydi. Ko‘pincha ish topilmaydi. Ammo, men ham ishlab pul topyapman.

-- Qaerda ishlayapsan?

-- Simit sotyapman.

Ustoz Nurxon yana o‘tirib o‘yladi. Bu qadar yaxshilik rejasi uchun nima deya olardi, hozir. Alining niyatini amalga oshirish qiyin edi. Ammo, Alining niyatidan qaytarish uchun chora topish kerak edi. Lekin, buni shunday qilish kerakki, sevimli o‘quvchisining ko‘ngli ranjimasin. Bir gaplashsam, chora topilar, dedi.

Ustoz Nurxon Aliga qaradi.

-- Katta bo‘lsang kim bo‘lmoqchisan?

-- Juda katta boy tadbirkor bo‘laman....

-- Nima uchun?

-- Odamlarga ko‘p yordam berish uchun.

-- Juda yaxshi... 

Ali, to‘g‘ri hozir Ahmadning oilaviy sharoitlari yaxshi emas. Ammo, sizniki ham ularnikidan farqi yo‘q. Menimcha, bu ishga hozircha shoshmaganing ma'qul. Boy bo‘lganingdan keyin yordam beraverasan. Bo‘ladimi?

-- Bo‘lmaydi, - dedi Ali. Hozir qilishim kerak.

-- Nima uchun bo‘lmas ekan?

-- Uch sababga ko‘ra bo‘lmaydi. Birinchidan, bu pullar zotan meniki emas. Yaxshilik qilganim uchun Alloh meni odamlarga yoqimli qilib ko‘rsatib qo‘ygan. Shuning uchun odamlar ta'sirlanib, mendan ko‘proq simit oladilar. Shuning uchun kun bo‘yi ishlaganlardan ko‘ra ko‘proq simit sotaman. Anavi mahallada Hasan amaki bor. Har kuni mendan ikkita simit olib, kabutarlarga tarqatadilar.

Ikkinchidan, «novda yoshligida yaxshiroq egiladi» degan gap bor. Agar hozirdan yaxshilik qilishga o‘rganmasam, katta bo‘lganimda hech qilolmayman. Hozir «bu ishni boy bo‘lganimda qilaman» desam, boy bo‘lganimda ham, «yanada boyroq bo‘lganimda qilaman», deb o‘zimni ovutaman.

Uchinchidan, eng muhimi: Men katta bo‘lganimda boy tadbirkor bo‘lmoqchiman. Vaqtida tijoratga sarmoya tikmaganlar hech qachon katta ishbilarmon bo‘la olmaydilar.

Ustoz Nurxon Alini zo‘r hayajon bilan tinglar, o‘zini buyuk odamning ro‘baro‘sida turgandek his qila boshladi. 

-- Shu oxirgisini unchalik tushunolmadim, Ali?

-- Tushuntiraman, ustoz. Hozir u qadar boy bo‘lmaganim uchun, bir kunda bitta simit ehson qila olaman, xolos. Bundan ortig‘ini qilolmayman. Alloh esa, jannatni kuchi yetganicha yaxshilik qilganlarga beradi. Hozir kuchim shunchalik ekanini hisobga olsak, jannatning narhi men uchun bir necha simitning narhichalikdir. Agar boy bo‘lmasdan oldin o‘lsam, bir necha simitning narhi bilan jannatga kirib olgan bo‘laman. Bundan ham foydaliroq ishga sarmoya kiritish mumkinmi?

Ustoz Nurxonning ko‘zlari yoshga to‘ldi. Bildirmaslik uchun yerga qaragancha, Aliga ketishga ruhsat berdi.

Internetdan olindi

Reklama
Reklama