Kategoriya: Foydali saytlar

uz.khanacademy.org


Khan Academy AQSHdagi nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, u 2006-yilda MTI (Massachusets texnologiya instituti) hamda Garvard universitetlari bitiruvchisi Salmon Xon tomonidan tashkil etilgan. Akademiyaning asosiy maqsadi Yer sharining barcha aholisi uchun yuqori sifat va bepul taʼlim olish imkonini berishdan iborat.

Platformada matematika, informatika, kimyo, fizika, iqtisodiyot, biologiya va astronomiya kabi fanlar boʻyicha 9 mingdan ortiq videodarslar bor. Bundan tashqari platformada 100 mingdan ortiq interaktiv misol va masalalar mavjud. Khan Academy darslari dunyoning 190 dan ortiq davlatida ishlatiladi, hozirda 29 ta tilga tarjima qilingan bu platformadan 74 milliondan ortiq odam foydalanib keladi.

“Bilim Onlayn” nodavlat notijorat tashkiloti , Khan Academy platformasini oʻzbek tiliga mahalliylashtirish bilan shugʻullanadi. Oʻzbekiston yoshlari ham yuqori sifatli bepul taʼlimga ega boʻlishlari va bunga erishish uchun birlashgan. Loyiha xayriyalar yordamida amalga oshirilmoqda va uning rivojiga har bir inson oʻz hissasini qoʻshishi mumkin. Bundan tashqari, istalgan odam jamoaga qoʻshilishi va qoʻllab-quvvatlashi mumkin, bu nafaqat moddiy yordam koʻrinishida, ular ko‘ngilli tarjimon yoki muharrir boʻlishlari; oʻqituvchi sifatida videodars yaratishlari; dizayn, ijtimoiy media marketingi va PR sohasi bilan yordamlashishlari; doʻstlariga va oilasiga loyiha haqida aytib berishlari mumkin.

https://www.xanakademiyasi.uz/


Reklama
Reklama