Kategoriya: Dars ishlanmalar Tadbirlar
Vatan himoyasi - muqaddas burch mavzuidagi bayram tadbir ssenariysi
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan
“ VATAN HIMOYASI MUQADDAS BURCH ” mavzuidagi bayram tadbir ssenariysi.
Tadbir maktab sahnasida yoki, zalda o’tkazishga mo’ljallangan. Sahnada “Senga posbonmiz Vatan”, “O’g’lon, bilib qo’yki, seni Vatan kutadi!”, “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni” singari shiorlar ilingan.
Sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli va aziz o’qituvchilar! Hamda maktabimiz o’quvchilari. Vatanimizning mard va jasur o’g’lonlari! Shunqor yigitlari.
2-boshlovchi: Assalomu alaykum, tadbirimizda ishtirok etayotgan, davramizga fayz qo'shib turgan qadrli ustozlar hamda mo’tabar mehmonlar!
Vatan himoyachilari kuniga bag’ishshlab o’tkazilayotgan « SENGA POSBONMIZ VATAN » deb nomlangan bayram tadbirimizga xush kelibsiz.
1-boshlovchi: Mamlakatimiz hayotidagi qutlug’ sana - Vatan himoyachilari kuni va Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganining 26 yilligi bilan chin qalbdan barchangizni tabriklaymiz. Tadbirni ochib berish uchun 17-maktab direktori P.ga so’z navbatini beramiz.
ELIMNING VIJDONLARIMIZ.
1-o’quvchi.
ADOLAT QUROLU, HUSHYORLIK SHIOR,
PO’LATDAY MUSTAHKAM IYMONLARINGIZ.
YURT UCHUN, XALQ UCHUN ICHGANSIZ QASAM.
BAG’RIKENG ELIMNING VIJDONLARISIZ.
2-o’quvchi.
SIZDA BOR HALOLLIK , MARDLIK-MATONAT,
QALBLARDA MUJASSAM IRODA, BARDOSH.
SEZGIRSIZ, CHAQQONSIZ SHU VATAN UCHUN,
G’ANIMGA SHAFQATSIZ, DO’STLARGA YO’LDOSH.
O’QUVCHILAR.
VATAN TINCHLIK QO’RG’ONI, HAR BIR O’G’LON UNING POSBONI.
“Milliy armiyamiz mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir” ( Islom Karimov )
JANGOVAR HARAKATLAR. (7-“B”sinf o’g’il bolalari)
1-BOSHLOVCHI. Xarbiylarimiz tun-u kun qo’lni qo’lga berib, xattoki jonlarini ham fido qilib ona zaminlarini sarhatlarini daxlsizligini himoya qilib kelishmoqda. Har yili 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni sifatida nishonlanib kelmoqda. Bu nafaqat xarbiylarga balki yurtimizdagi barcha o’g’il bolalarni bayramlari.
2-BOSHLOVCHI. Ona yurtni sevish, uni ko’z qorachig’idek asrash, istiqloli va istiqboli, osoyishtaligi va farovonligi uchun kurashish bu yo’lda hatto o’z jonini tikish mohiyatan haqiqiy tinchlikparvarlik ruhida tarbiyalanish har bir o’g’ilning burchidir. Endi navbatni 7-“B’sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishiga e’tiboringizni qaratamiz.
MILLIY GVARDIYAM.
Qadamlar shiddati-mardlikdan darak
Yorqin orzulardan lovullar yurak.
Milliy gvardiyam-g’ururim,faxrim.
Qutlug’ qadamlaring bo’lsin muborak!
Milliy gvardiyam-shavkatim-shonim,
Vatanu xalqimga sodiq qalqonim.
Bir jonu tan bo’lib asraymiz mudom,
Aziz O’zbekiston-Tinchlik qo’rg’onim!
Poyingda muqaddas Vatan tuprog’i,
Boshingda hilpirar Hurlik bayrog’i.
Sen borsanki, elim yashar tinch –omon,
Nurlarga burkangay yurtning har yog’i.
Saflaringda botir o’g’lonlaring bor,
Yurtim degan mardu maydonlaring bor.
Vatan mehrin dilga mayoq aylagan,
So’nmas shijoatu tug’yonlaring bor.
Olamni lol etmish kuchu qudrating,
Yovqur ajdodlardan olgan ibrating.
Zafaru shonlarga chulg’anib o’tar,
Har kuning, har tuning, har bir fursating.
Milliy gvardiyam-shavkatim-shonim,
Yurtga, Yurtboshimga sodiq qalqonim,
Bir jonu tan bo’lib asraymiz mudom,
Aziz O’zbekiston –Tinchlik qo’rg’onim!
QIZLAR IJROSIDA RAQS. (Leytenant)
1-boshlovchi. Diqqat qiling, sahnaga bo’lajak Vatan posbonlarini taklif qilamiz. ( sahnaning o’ng tomonidan shahdam qadamlar bilan bir qator saf tortgan bolalar “Ona Vatanim O’zbekistonim” qo’shig’ini kuylab chiqib kelishadi.
Ona Vatanim O’zbekistonim.
Safda yuramiz yo’llar titratib,
Ona Vatan seni qo’riqlab.
Ona Vatanim heeeyyy O’zbekistonim.
Ona Vatanim O’zbekiston.
Qo’limda qurol chegarada shay,
Ko’zimni yummay seni qo’riqlay.
Ona Vatanim heeeyyy O’zbekistonim.
Ona Vatanim O’zbekistonim.
Qo’shiq tugashi bilan “To’xta” degan buyruqomuz ovoz eshitiladi. Ular turgan joyidan uch marta depsinib, keyin to’xtashadi. Sahnaga yuzlanib, o’ngga buril degan “buyruq’ beriladi. Keyin uch qadam orqaga degan ovoz yangraydi. Hamma buyruqqa mos ravishda orqaga tisarilib, sahnaga yuzlanib tizilib turishadi.
VIDEO ROLIK NAMOYISH ETILADI. (Shuhrat Zokirov “Tinchlik timsoli”)
Sahna ko’rinish.
Yuqori sinf o'quvchilari ishtirokida kichik sahna ko'rinishi ijro etiladi.
Sahnaga yelkasiga yuk xalta ilib olgan sport kiyimidagi o'smir yigit va boshiga oq ro'mol tashlagan onaxon birga yetaklashib chiqib kelishadi.
Ona: - O'sib-ulg'ayib, hash-pash deguncha Vatan koriga, el xizmatiga yaraydigan yigit bo'lib yetilganingni sezmay qolibman.
O'g'il: O'zimning, mehribon oyijonim. Baxtimga siz, dadam, ukalarim omon bo'lsanglar, menga shuning o'zi yetadi. Mendan sira xavotir olmanglar.
Ona: - O'g'lim, bilsang, harbiyda xizmat qilish hammaga ham nasib etavermaydi. Komandirlaringdan biri aytdi, chaqiriq yoshidagi yigitlarning hammasi ham test sinovlaridan o'ta olishmas ekan. Har o'ntasidan bittasi muddatli harbiy xizmatga jo'natilyapti ekan. Men sen bilan faxrlanaman. _
O'g'il: - Oyijonim, men sizlarning yuzingizni yerga qaratmayman. «Vatan himoyachisi» degan nomga sodiq bo'lib, xalqimizga, yurtimizga sidqidildan xizmat qilaman. Axir Vatanni mardlar qo'riqlaydi-ku.
Ona: - Rahmat, bolajonim! Oy borib, omon qayt! Yaxshi xizmat qilib, bergan tuzimni oqla. Biz seni kutamiz.
O'g'il: - Xayr, onajon! Albatta, avvalo Vatanimga, keyin sizga munosib o'g'lon bo'laman. (Keyin sahnaga yuzlanib) - Aziz ukalarim! Yaxshi o'qib, a'lo bilim oling! Sport bilan ko'proq va astoydil shug'ullaning! Ana shundagina qaddi-qomatingizni ko'rganda hammaning havasi keladigan sog'lom va baquvvat, gap-so'zlari bama'ni, Alpomish kelbat mard o'g'lonlar bo'lib ulg'ayasiz. Vatanga axir nimjon, kasalmand yigitlar emas, mardu maydonlar kerak!
HARBIY QASAMYOD.
ASKAR MAKTUBI. VIDEO LAVHA (SAHNA KO’RINISH).
1-boshlovchi. 1992 yil 14 yanvarda mamlakatimiz hududidagi harbiy qism va bo’linmalar davlatimiz tasarrufiga o’tkazilgan edi. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 29 dekabrdagi qonuniga binoan 14 yanvar yurtimizda Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilindi.
2-boshlovchi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XI bob, 52-moddasida, XXVI bob 125-126 moddalarida O’zbekiston Respublikasini himoya qilish, O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining muqaddas burchidir deb yozib qo’yilgan.
VATANIMGA HIZMAT QILAMAN.
O’g’loniman Turon yurtning,
Ozod, obod, bo’ston yurtning.
O’zi beklar zurriyotiman,
Vatanimga xizmat qilaman.
Tinchlik uchun jonimni berib.
O’z postimda mardona turib.
Vatanimga xizmat qilaman,
Sohibqiron Amir Temurday.
Jahongashta Mirzo Boburday,
Haq yo’lida og’ishmay birday.
Vatanimga xizmat qilaman.
SHE’R.
Kimdir cho’pak otsa o’zbek nomiga,
Tegadi g’ururning baland tomiga.
Yurak zirillaydi, ko’zda chaqnar o’t.
Tortadi alamli oylar domiga.
Shukurkim, yurt –el tinch, but qo’rg’onlari.
Sarhadini tutgan alp o’g’lonlari
Bolasin beshikda quchgan kelinchak.
Tuprog’in sevgan bobojonlari.
Bu zamin ichinda bitta Vatan bor,
Bir bog’ bor, bir gulshan, bitta chamanzor.
Oh, mening yuragim jon O’zbekiston.
Mening muabbatim aks etgan diyor.
Ko’taring boricha bu el shanini,
Ko’rsating dunyoga bor imkonini.
G’ayurlarning dami ichida qolsin,
E’zozlab olishsin tilga nomini.
1- BOSHLOVCHI: Mana, 26 yildirki, mamlakatimiz Vatan himoyachilari kunini milliy bayram sifatida nishonlamoqda. Bu bayram el-yurtga sadoqat bayramidir. Bu bayram o’z mohiyat-e'tibori bilan avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni, O’zbekiston ahlining jangovar soha namoyondalariga bo’lgan chuqur ehtiromini aks etgiradi.
2- BOSHLOVCHI: Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining, kelajagi buyuk davlat barpo etayotgan O‘zbekiston fuqarolarining tinch-osoyishta hayoti, bunyodkorona mehnati xavfsizligining kafolatidir. 8-9-10 –SINF O’QUVCHILARINI MUSOBAQAGA CHORLAYMIZ.
1-SHART. Tosh ko’tarish.
2-SHART. Arqon tortish.
VIDEO LAVHA NAMOYISH ETILADI. (VATAN UCHUN)
KAPITAN.
1-O’QUVCHI. Karvonboshi suyangaydir,
Siz- mardlarga.
Siz bermaysiz elingizni,“Chang-gard” larga.
Yov kelsa gar olishasiz kechib jondan.
Siz jasursiz hamda mag’rursiz kapitan!
2-O’QUVCHI. Orzuingiz omon bo’lsa bo’ldi Vatan,
Siz shu yurtning ahdi baland o’g’lonisiz.
Siz borsiz-ki, behavotir qo’rg’onimiz.
Faxrlangum goh oshkora, goho chetdan,
Siz borsiz-ki hadigimiz yo’q, kapitan!
ASKARLARGA.
Ko’kka yetar bo’yingiz bor,
Hali qancha uyingiz bor.
Vatanimning shunqorlari.
Ham nomusi, ham orlari.
Askarlikni burchim degan,
Adolatda kuchim degan.
Dushmanda bor o’chim degan.
Vatanimning shunqorlari.
Ham nomusi, ham orlari.
7-“B” SINF O’G’IL BOLALARI TOMONIDAN
Yakka ovoz: Bir, ikki, uch.
Hamma; Saflarimiz zich.
Yakka ovoz: Baland bo’lsin parvozing.
Hamma: Samolarda uch.
Yakka ovoz: Bir, ikki, uch.
Hamma: Doim zafar quch.
Yakka ovoz: Qudratimiz qoshida.
Hamma: Dushman makri puch.
Yakka ovoz: Bir, ikki, uch.
Hamma: Tanga sig’mas kuch.
Yakka ovoz; Vatan uchun ko’ksimiz.
Hamma: Qalqon va qilich.
Yakka ovoz: Bir, ikki, uch.
Hamma; Olam bo’lsin tinch.
Yakka ovoz; Ona yurtni qo’riqlash.
Hamma: Eng muqaddas burch!
1-BOSHLOVCHI. 2010-yil 12-yanvarda poytaxtimizda ochilgan “Vatanga qasamyod” monumenti o’zida ana shunday chuqur hayotiy falsafani, teran ma’no-mazmun ifoda etadi.
2-BOSHLOVCHI. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bu betakror majmuani bir ko’rgan odam, yuragi jizillab, uning ma’nosini tushunib, anglab, bu haykalni avvalambor Vatanga sadoqat, mardlik va jasorat madhiyasi, el-yurt himoyachisi bo’lgan fidoyi insonlarga qo’yilgan go’zal badiiy obida sifatida qabul qiladi.
O’ZBEK O’G’LONI.
Yurtimning mardona qo’rqmas posboni,
Ko’z nuri, qalb nuri, jo’sh urar qoni.
Vatanim tayanchi, metin qo’rg’oni
Bayraming muborak, o’zbek o’g’loni.
Tinch yurtning yashnagay baxtu iqboli,
Osmonni yoritgay quyosh, hiloli.
G’ururing saqlagay yurt istiqloli,
Bayraming muborak, o’zbek o’g’loni.
Ota-onang baxtiga doim bo’lgin sog’,
O’zbeklar nomiga tushirmagin dog’
O’zbeksan, g’ururing bo’lsin misli tog’,
Bayraming muborak, o’zbek o’g’loni.
VIDEO LAVHA. (OZODBEK NAZARBEKOV “MENDIRMAN’)
ER YIGIT.
Er yigitning ko’nglida egarlagan ot yotar,
Qadam qo’ysa zulmatga izlarida tong otar.
Butun millat yukiga yelka tutar er yigit.
Er yigitning nomusi millatini uyg’otar,
Burgut kabi shiddatli, sadaf tish kabi bir saf.
Siz hurlik tomondasiz, siz ona xalqim taraf.
To bor ekan yurtimning sizdek bek yigitlari.
Har o’smir yuragida o’sar oriyat, sharaf.
Tunni mavh etgan kabi quyoshning zar ziyosi,
Jasoratga yetaklar jo’mardlik tarbiyasi.
Temuriy shijoatu pokiza niyat bilan.
Yurt tinchligin qo’riqlar ozod yurt armiyasi.
QO’SHIQ IJRO ETILADI. (VATAN)
MUSIQALI SAHNA KO’RINISHI.
OMON BO’LGIN O’ZBEGIM OMON.
Ta’rifingdir tillarda doston,
Lol bo’libdi senga keng jahon.
Mehnating-la kun ko’rding har on.
Omon bo’lgin O’zbegim omon.
Qadamingdan chechaklar unsin,
Osmoningda Quyosh, Oy kulsin.
Omon bo’lgin O’zbegim omon.
Ezguliklar jon-taningdadir,
Ajdod yodi qon-qoningdadir.
Vatan mehri jon-joningdadir.
Omon bo’lgin O’zbegim omon.
Istiqloling muborak bo’lsin,
Omborlaring g’allaga to’lsin.
Farzandlaring qalqoning bo’lsin,
Omon bo’lgin O’zbegim omon.
MUSIQALI SAHNA KO’RINISHI. (SERJANT BO’LAMAN).
1-BOSHLOVCHI. Mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik xalqimizning eng katta boyligidir. Prezidentimiz, Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo’mondoni Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida barpo etilgan milliy armiyamiz bu ulug’ ne’matning ishonchli kafoloti bo’lib xizmat qilmoqda. Mana, bayram tadbirimiz ham nihoyasiga yetib boryapti.
2-BOSHLOVCHI. Barchangizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug’ sana-vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 26 yilligi bilan chin qalbdan yana bir bor muborakbod etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, yaxshi kayfiyat, o’qish va ishlaringizda omad yor bo’lishini tilaymiz. Xonadonlaringizga fayzu baraka arimasin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo’lsin!
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022