Kategoriya: Salomatlik
Xina - foydali va zararli hususiyatlari.
Ayol va qizlarimizning sevimli odatlaridan biri bu xina qo'yishdir. Xina aslida "Lawsonia inermis" nomli o'simlikdan ya'ni xina o'simligining guli va barglarining quritilganidan tayyorlangan kukun hisoblanadi. Xinani soch bo'yashda, qo'l, oyoq va tananning turli qismlariga bo'yash uchun ishlatiladi. Oxirgi paytlarda gulli qilib, trafaretlar yordamida uzorlar chizib, bezak bilan bo'yash keng urf bo'lgan. Ushbu usul oldin ham mavjud edi. Hind xalqi uchun xina . to'y oldidan qo'yilishi va bu . jarayonni marosimga . aylanganligi hammaga ma'lum. Ana shu jarayonda zamon bilan hamnafas o'z ustida ishlayotgan dizaynerlar, go'zallik saloni mutaxassislari, xina . qo'yishni san'at asari kabi rivojlantirib . yuborishgan.
Sochga - Xinaning foydali jihatlari juda ko'p. U soch tolasini mustahkamlashda, serjilo va mayin qilishda yordam beradi. Xina bilan soch bo'yalganda o'ziga hos tabiiy rang beradi. Bu esa qizlarni husniga ko'rk qo'shadi. Sun'iy rang beruvchi vositalarga nisbatan xina bergan rang tabiiy bo'lganligi uchun estetik tomonlama ham yuqori bahoga ega bo'ladi.
Yuzga - Yuz terisiga xina bilan parvarish qilinganda ragsiz xinadan foydalaniladi. Buning uchun turli maskalar va muolajalar mavjud. Xna yuz terisiga antibakterial, zamburug'larga qarshi, yallig'lanish jarayonlarida, yuzdagi husnbuzarlarni yo'qotishda, qora nuqtalarni yo'qatishda, yz terisa oqartirish va turli nuqsonli kasalliklarda havfsiz va tabiiy davolaydi. Faqat belgilangan me'yor va usullarga rioya qilgan holda foydalanish kerak.
Qo'lga - yallig'lanishga, zamburug'li kasallikga qarshi ishlatiladi. Qo'l orqali butun tanaga tarqalishi bois tanadagi shamollash va yallig'lanish kasalliklarini bartaraf qilishda foyda beradi.
Oyoqga - Oyoq terlashi kasalligining keltirib chiqish sababi ko'pincha zamburug'lar ta'sirida bo'lganligi uchun xina bilan muolaja qilinganida sezilarli natijaga erishish mumkin. Qolaversa tish og'rig'ida ham oyoqqa xina o'simligi bilan muolaja qilish foydali. Lekin me'yor qoidalariga rioya qilish juda mumkin.
Ammo me'yorda ortiq ishlatilganda zarar berishi mumkin. Masalan tabiiy xina o'simligidan tayyorlangan massani ko'p ushlab turish natijasida teri kuyib qolishi mumkin. Xina kukkunini sochga tez-tez ishlatilganda ham sochni sinuvchan qilishi yoki turli allergik toshmalarni keltirib chiqishi mumkin.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022